Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta 2-3 Komo
25/09 00:00 Real Madrid 3-2 Alaves
25/09 17:30 Paxtakor - Olimpik
25/09 20:30 Andijon - Neftchi
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 18:30 Navbahor - So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo - Surxon
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

APL. Uzluksiz gol urish borasida eng yaxshi natijaga ega klublar

APL. Uzluksiz gol urish borasida eng yaxshi natijaga ega klublar

Baho:
+ | -

APL, shu nomni olganidan beri futbol dunyosidagi eng kuchli hujumchilarga makon bo‘ldi. Bu narsa hozir ham davom etib kelmoqda. Shu sababli, ligadagi himoyachilarga oson bo‘lmaydi. Quyida siz bilan qay bir klub APL tarixida eng uzoq vaqt o‘yinlarni golsiz tark etmaganini o‘rganishga harakat qilib ko‘ramiz.

6. "Manchester Siti" – 2018 yil dekabrdan 2019 yil oktyabrgacha

Albatta, Gvardiola jamoasining darajasini hamma biladi. Shunga yarasha bu klubning statistikasi ham juda yuqori. "Manchester Siti" 2018-2019 yillar davomida ketma-ket 29 ta bahsni golsiz tark etmagan. Bu seriya 2018 yilning dekabrida "Chelsi"ga uchralgan 2-0 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin boshlangan edi. 29 ta o‘yinda gol urishdan tashqari, o‘shanda, "shaharliklar" 15 bahsda ketma-ket g‘alabaga ham erishadi. Ushbu 29 talik golli seriyada Gvardiola shogirdlari jami 77 ta golga mualliflik qilgan. Seriyani esa 2019 yilning oktyabrida "Etihad" stadionida "Vulverxempton" tugatgandi(0-2).

5. "Tottenxem" – 2023 yilning martidan to hozirgacha

"Tottenxem" 10 oy davomida jami 29 ta bahsda raqib darvozasiga tinmay yo‘l topib kelmoqda. Keyingi bahsda gol urish orqali "Manchester Siti"dan o‘tib ketish mumkin. Shuningdek, bu narsa barcha davrlar uchun mo‘ljallangan ro‘yxatda 5 o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini beradi. Hozirgi seriyani "Tottenxem" tarixida 4 ta turli xil murabbiy qayd etib turibdi. Konte mart oyida boshlab bergan bo‘lsa, buni keyinchalik Kristian Stellini, Rayan Meyson va Angelos Postekoglu davom ettirib kelmoqda. 29 ta bahsda 9 bor mag‘lubiyatga uchralgan bo‘lishiga qaramay, gol urish, "Tottenxem"ga muammoga aylanganicha yo‘q.

4. "Brayton" – 2023 yil martdan 2023 yil dekabrgacha

Afsuski, "Brayton"ning 32 ta o‘yinlik golli seriyasi yakuniga yetdi. Bunga "chag‘alaylar"ning "Arsenal" maydonida uchralgan mag‘lubiyati sabab bo‘lgan edi. 17 turda Roberto De Zerbi to‘pchilar maydonida o‘z jamoasini o‘ta zaif holda ko‘rdi. "Brayton" "Arsenal"ga qarshi bahs davomida 1 ta zarba bera oldi xolos.
Janubliklarning seriyasi esa mart oyida "Vest Xem"ga qarshi 4-0 bilan tugagan o‘yindan boshlangandi.

3. "MYU" – 2007 yil dekabrdan 2008 yil noyabrgacha

2007/2008 yilgi mavsum "qizil iblislar" uchun APL va YECHLdagi muvaffaqiyat bilan yakunlanadi. Bu davr ichida "MYU" 36 ta o‘yinda qatorasiga gol urishga erishadi. Seriya "Fulxem" maydonida Krishtianu Ronalduning dubli bilan boshlanib, bir yildan keyin "Aston Villa"g qarshi nursiz durang bilan yakun topgandi.

2. "Liverpul" – 2019 yil martdan 2020 yil fevraligacha

"Liverpul" ham xuddi "MYU" kabi 11 oy davomida jami 36 ta bahsda gol urishga erishgan. Golli seriya esa 2019 yilning martida "Byornli"ga qarshi 4-2 hisobidagi g‘alaba bilan boshlanadi. Mavsum davomida faqat 1 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, Klopp shogirdlari "Manchester Siti"ga chempionlikni berib qo‘yadi. 2020 yilning fevralida "Uotford" mersisaydliklar seriyasiga yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakun qo‘yadi (0-3).

1. "Arsenal" – 2001 yilning mayidan 2002 yil dekabrigacha

"Arsenal"ning 55 talik seriyasi yaqin orada qaysidir klub tomonidan mahv etilishi juda qiyin masala. To‘pchilar yigirma birinchi asr avvalida bir yarim yil davomida har qaysi bahsda gol urib keladi. Ushbu seriya 2001 yilning mayida "Sautgempton"ga qarshi 3-2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlanadi. "Manchester Yunayted" esa 2002 yilning dekabrida londonliklar ustidan qozongan g‘alabasi bilan buni tugatadi. 55 talik seriya mobaynida Arsen Venger shogirdlari jami 117 ta gol urishga erishgan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 11:00, 20.12.2023.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.