Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

"Real" David Alabning o‘rnini qanday to‘ldiradi? Peres oldida qimmat, arzon va kelajak uchun mo‘ljallangan variantlar bor

"Real" David Alabning o‘rnini qanday to‘ldiradi? Peres oldida qimmat, arzon va kelajak uchun mo‘ljallangan variantlar bor

Baho:
+ | -

"Real" hozirda uchta muhim futbolchisini xochsimon paylar muammosi ortidan yo‘qotdi. Bu safga so‘nggi bo‘lib David Alaba qo‘shilgan edi. Bundan oldin darvozabon Tibo Kurtua hamda himoyachi Eder Militao shu muammo sababli safdan chiqqandi. Ayni damda "qirollik klubi" safida himoyachi muammosi yuzaga keldi. Alabaning uzoq muddat maydonga qayta olmasligini hisobga olsak, yanvar oyida yangi futbolchi sotib olish kerak. Quyida "Real"ning mudofaasini to‘ldiradigan variantlar keltiriladi.

Qimmat variantlar

Gonsalu Inasiu

Klub: "Sporting"
Yosh: 22
Narx: 60 million yevro
Kuchli tomoni: chap-oyoq
Kamchiligi: yӯq

Football Manager o‘ynaydigan muxlislar Inasiuni ko‘p tanlashadi. Negaki, u yosh va ishonchli. "Real" esa bu faktorlarni ko‘zdan qochirmaydi. Tarixan madridliklar Portugaliyadan yaxshi xaridlarni amalga oshirib kelgan. Pepe va Militao shular jumlasidandir. Bu safar ham shunday ish qilinishi mumkin. Nishon esa "Sporting" yulduzi Gonsalu Inasiu bo‘ladi.

Jan-Kler Todibo

Klub: "Nissa"
Yosh: 23
Narx: 45 million yevro
Kuchli tarafi: "Barselona"ni yomon ko‘radi
Kamchiligi: ba’zida qo‘pol xato qilib turadi

Ko‘pchilik tomonidan Todiboga yuqori baho berilmoqda. Balki u ham "Real"ga o‘tib, katta yulduzga aylanar? Agarda Madriddan taklif kelsa, buni rad etish juda ham qiyin bo‘lishi aniq.

Edmond Tapsoba

Klub: "Bayer Leverkuzen"
Yosh: 24
Narx: 55 million yevro
Kuchli tarafi: baquvvat
Kamchiligi: tezlik

"Bayer Leverkuzen" hozirda Bundesligada yetakchi. Ular chempion bo‘lishga intilmoqda. Shunday ekan, muhim figuralar mavsum yarmida sotilmaydi. O‘tgan yozda Tapsoba "Tottenxem"ga o‘tishiga bir bahya qolgan edi. Ammo qishki transferlar oynasi rahbariyatga qiziq emas.

Arzon variantlar

Rafael Varan

Klub: "MYU"
Yosh: 30
Narx: 15 million yevro
Kuchli tarafi: "Real"ni yaxshi biladi
Kamchiligi: yaxshi sherik kerak

"Manchester Yunayted" yangilanmoqda. Bosh murabbiy Varanni rejasiga qo‘shmayotgani aniq. Himoyachining amaldagi bitimi 2024 yilda tugaydi. Shu sababli u yanvarda arzonroqqa bo‘lsada, sotiladi.

Trevo Chaloba

Klub: "Chelsi"
Yosh: 24
Narx: 15 million yevro
Kuchli tarafi: ketishga tayyor ekani
Kamchiligi: zaxirada uzoq vaqt o‘tirib qolgan

Modomiyki, "Bavariya" Chalobani sotib olmoqchi bo‘lsa, nega "Real" ham urinib ko‘rmasligi kerak? Chaloba yosh va tajribali. Qolversa, u YECHL g‘olibi ham sanaladi.

Kelajak uchun variantlar

Leni Yoro

Klub: "Lill"
Yosh: 18
Narx: 25 million yevro
Kuchli tarafi: allaqachon asosiy tarkib a’zosi
Kamchiligi: hali ancha yosh

Oktyabr oyidan beri "Chelsi", "MYU" va "Liverpul" Yoro bilan bog‘liq vaziyatni jiddiy kuzatib kelmoqda. Yoro kabi, bir paytlar Varan ham Fransiyadan kelib, "Real"da porlagandi. Shunday ekan, bu ish takrorlanishi mumkin.

Yorrel Xato

Klub: "Ayaks"
Yosh: 17
Narx: 30 million yevro
Kuchli tarafi: "Ayaks" yomon holatda va klubga pul kerak
Kamchiligi: krizis davridagi mag‘lublik zehniyati mavjud bo‘lishi mumkin

17 yosh bo‘lishiga qaramay, Yorrel Xato bu mavsumdagi har bir bahsda maydonga tushmoqda. U shu yoshidayoq jamoaga sardorlik qiladi. Uning "Real"ga ketishi oldinga bosilgan katta qadam bo‘lgan bo‘lardi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 12:11, 20.12.2023.
O'qildi: 3742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.