"Inter" yanvar oyida "Atalanta" hujumchisi Luis Murielni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni kutmoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, "neradzurrilar" kolumbiyalik futbolchining shartnomasi tugashiga olti oy qolganini tushunishadi, biroq ayni paytda Simone Indzagi jamoasi "Atalanta" futbolchini yanvar oyida tekinga qo‘yib yuborishiga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, “Inter” qishda yangi hujumchi sotib olmoqchi, biroq klubda transferni moliyalashtirish uchun mablag‘ yo‘q. Shu boisdan Murielni tekinga olib kelish “neradzurrilar” uchun ustuvor vazifa.