Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futboldagi Xenks — Xayrulla Xamidov maqolasi

Futboldagi Xenks — Xayrulla Xamidov maqolasi

Baho:
+ | -

Har bir yulduzning hayotidan qandaydir vazifa olsangiz bo‘ladi. Messidan talantni qanchalik yuzaga chiqarish, Ronaldudan katta zahmat tufayli talantdan o‘zib ketish va hokazo. Benzema men uchun bulardan ham kattaroq sohadek tuyuladi. Ya’nikim, bajarish mushkulroq bo‘lgan oddiy soha. Tushuntiraman.

Eng zo‘r aktyor haqida gap ketganida ko‘pchilik hayotda misli ko‘rilmagan qahramonlarni yuzaga chiqargan rol egalarini aytishadi. Aslida hayotdagi oddiy odamning rolini o‘ynash qiyinroq. Chunki ko‘rmagan odamimizni bizga o‘zi xohlagancha tasvirlab berishi mumkin haligi aktyor, lekin yonimizda yurgan, kunda ko‘radiganlarimizning hayotini aks ettirib berish uncha-munchasiga emas. Tom Xenksning buyukligi ham shunda. U jokersifat o‘ylab topilgan obrazlarni emas, oddiy odamlarni o‘ynaydi. Maromiga yetkazib o‘ynaganidan kino san’ati uning daholigini his etadi.

Benzema futboldagi Tom Xenks. Ha, oddiy vazifadorning, talanti beqiyos bo‘la turib, jamoa uchun doimo nima kerak bo‘lsa, shuni bera olgani bilan-da hayratlarimizga sabab.

Karim "Real"ga burilish davrida kelgan, bilasiz. Ronaldu bilan, Kaka bilan. "Oltin to‘p" sohiblari bilan. Kelib to‘qqiz yil qilgan ishi murabbiylarning ko‘rsatmasini bajarish bo‘ldi. Krishtianu uchun hudud ochish, buning natijasida gol sezish qobiliyatidan mahrum bo‘lish va obro‘sizlanish...

Yaxshiyamki, murabbiylar hammadan ko‘ra futbolni daqiqroq tushunishadi. Shu bois bo‘lsa kerak, Benzemani doimo o‘ynatib kelishgan. Muxlislar tomonidan millionlab xeytlar yangragan davrda ham fransiyalik yulduz jamoa uchun asosiy futbolchi bo‘lib keldi. Buni biz ham, boshqalar ham tushunolmay o‘lardik. Keyin ma’lum bo‘lishicha, Benzemaning vazifasi shunday bo‘lgan ekan. U jamoaning motori, intervyusida o‘zi ta’rif bergani kabi "uch kishining golini uradigan yigit" uchun xizmatkor bo‘lib yashagan ekan. To‘qqiz yile, to‘qqiz...

Keyin birdan Ronaldu ketadigan bo‘lib qoldi. Hamma uning bo‘shab qolgan taxtiga Garet Beyl chiqishini taxmin qildi. Muqovalarga mos tushadigan, yulduzlik siyoqi ko‘zga tashlanadigan iqtidor. Biroq, bu joyga kun sayin Benzema haqdor ekani ma’lum bo‘lib bordi. Shunaqa oddiy egalladiki bu joyni, "Real"dan ketguncha uning zarracha o‘zgarganini ko‘rishmadi. Kaka va Ronaldu bilan kelgan payti ham, xeytlarga uchrab tamomiy masxara qilingan payti ham, "Oltin to‘p"ni olishi oldingi sohiblaridan ko‘ra kattaroq farq bilan ma’lum bo‘lganida ham bir xil Benzemani ko‘rdik. Bir xil.

Eng yoqqani nima, aytaymi? Karim Benzema bu taxtda bir yarim yil turib berdi. O‘sha "Oltin to‘p"ni olgunigacha. "Real"ning qo‘rqinchli kambeklarini bir o‘zi yuzaga chiqarguniga qadar Ronaldu va Messi darajasida o‘ynab berdi. Narigi ikkisi ham "Oltin to‘p" olganida o‘zidan keyingi o‘rindagidan Karimchalik o‘tib ketmagan, adashmasam. U shunday natija qayd etdi-da, dunyo ahliga "bo‘ldimi, ko‘rdilaringmi, darajam asli shu" deb Saudiyaga ketvordi-qo‘ydi.

Qarang, doim nima qilish kerak bo‘lsa shuni bajarayotgan oddiy odam siymosi emasmi? Jamoa uchun o‘zining obro‘sini qurbon qilib bo‘lsa ham hujumda o‘ynab Krishning gollariga yordam berish va Ron ketgach, uning vazifasini indamaygina yelkaga olish.

Men motivasiya nuqtai nazaridan talantli o‘g‘limga Ronaldu kabi mehnat qilish kerakligini aytsam-da, o‘zim Benzemaning har holatda ham bir xil tura olishiga va bu mas’uliyatni kerak paytda o‘z o‘rnida bajarishiga qoyil qolaman.

Balkim shuning uchun bo‘lsa kerak, "Real"ga boshida kelgan paytida anovi ikki "Oltin to‘p"li sheriklaridan keyin, oxiri o‘zi oldi. Mukofot o‘laroq.

Ana shu oddiy yigit o‘tgan kuni 36 ga kirdi. Uni ko‘pchilik eslamadi ham (men ham ikki kun o‘tib eslayapman, qarang!) Ammo bu holatning Karimga farqi yo‘q. Axir, u oddiy rol egasiku, to‘g‘rimi?!

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 08:38, 21.12.2023.
O'qildi: 1182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.