Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Tuxel: "Futbolchilar eng yaxshi maqtovga loyiq"

Tuxel: "Futbolchilar eng yaxshi maqtovga loyiq"

Baho:
+ | -

Tomas Tuxel Bundesliga doirasida "Volfsburg"ga (2:1) qarshi o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Futbolchilar eng yaxshi maqtovga loyiq - o‘yin oxirida raqib kuchini ko‘rsatdi. Afsuski, ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborib, o‘zgartirishlar kiritib, nazoratni qo‘ldan chiqardik. Shu boisdan o‘yin oxirigacha himoyalanishimizga to‘g‘ri keldi va bu yaxshi bo‘ldi.

Frankfurtdagi mag‘lubiyatdan so‘ng biz uchta g‘alabaga erishdik, yaxshi javob qaytardik, ayniqsa jarohatlangan va kasal futbolchilar bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda.

Har bir o‘yinda o‘rtacha ochkolarimiz juda yaxshi. Jamoaning ruhiyati va munosabati ham ko‘p haftalardan beri yuqori. Lekin biz o‘z ustimizda ishlashda davom etishimiz kerak", - dedi “Bavariya” bosh murabbiyi.

Mavsumning kuzgi qismi yakunlariga ko‘ra, myunxenliklar Budesligada 2-o‘rinni egallab, "Bayer"dan 4 ochkoga ortda qolmoqda va bitta zaxira o‘yinga ega.

Kiritildi: 10:06, 21.12.2023.
O'qildi: 643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.