Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Tottenxem" Gallaxerga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmagan

"Tottenxem" Gallaxerga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmagan

Baho:
+ | -

Konor Gallaxerning "Chelsi"dagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda. 23 yoshli angliyalikning amaldagi shartnomasi bir yarim yildan keyin tugaydi va shu kungacha keyingi hamkorlik borasida kelishuvga erishilmagan. Bundan tashqari, mish-mishlarga ko‘ra, "Chelsi" yanvar oyida yarim himoyachi bo‘yicha transfer takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Jurnalist Liell Tomasning yozishicha, “Tottenxem” vaziyatni kuzatib bormoqda va futbolchini qishda sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. O‘tgan yozda "Chelsi" tarbiyalanuvchisiga da’vogarlar orasida "shporlar" nomi qayd etilgandi.

"Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra Konor Gallaxerning transfer qiymati 42 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 03:37, 22.12.2023.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик