Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
09/04 00:00 Atletiko - Barselona

"Neftchi" yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi

"Neftchi" yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

"Neftchi" yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun tajribali  futbolchi Javohir Qahramonov  "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda yarim himoyachi ampluasida harakat qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Javohir Qahramonov o‘tgan mavsumni  Superliga vakili   Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida o‘tkazdi. Futbolchi  mavsum davomida  jami 25 uchrashuvda 2243 daqiqa  harakat qilib, 6 ta gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

J.Qaxramonov jizzaxliklar tarkibida to‘rt yillik faoliyat yuritib, 101 uchrashuvda maydonga chiqdi va 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari futbolchi  "Obod"," Dinamo", "Buxoro" va "Bunyodkor" kabi  klublardagi faoliyati orqali muxlislarga tanish bo‘lib ulgurgan.

Javoxir Qaxramonov "Neftchi" bilan shartnoma izolagach: "Neftchi" qanday klubligini yaxshi bilaman,  Farg‘onaga medallar uchun kurashish uchun keldim,  tez orada farg‘onalik muxlislarga olam olam quvonch ulashish uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman! "Neftchi" OLG‘A!" - dedi Qahramonov.

"Jamoamiz va ko‘p sonli muxlislarimiz nomidan Javohir Qahramonovga "Neftchi"dagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!" - deyiladi farg‘onaliklar bayonotida.

Kiritildi: 13:10, 22.12.2023.
O'qildi: 2425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик