Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Andijon" Turkiyada Ruminiya chempionati karvonboshisi bilan o‘ynaydi

"Andijon" Turkiyada Ruminiya chempionati karvonboshisi bilan o‘ynaydi

Baho:
+ | -

“Andijon”ning Turkiyada o‘tkazadigan bo‘lajak o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida o‘tkaziladigan nazorat uchrashuvlaridagi raqiblari haqida ma’lumotlar berib borayotganimizni yaxshi bilasiz.

Shuni ma’lum qilamizki, jamoaning Antaliyadagi yana bir raqibi aniqlandi. “Viitoriul Selimbar” (“CSC 1599 Selimbar”) “Andijon” jamoamizning navbatdagi raqibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, 2016 yili tashkil topgan mazkur jamoa Ruminiyada Liga 2 chempionatida ishtirok etadi va ayni paytda 20 ta jamoa orasida musobaqa jadvalida 15 ta o‘yinda 32 ochko to‘plab yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Ularning asosiy maqsadi Liga 1 ga yo‘llanma olish (bu xuddi pro ligadan Superligaga yo‘l olish kabi).

Hozirda Ruminiya chempionatida qishki ta’til e’lon qilingan. “Viitoriul Selimbar”ga ruminiyalik 47 yoshli mutaxassis Klaudiu Nikulesku bosh murabbiylik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi (27 yanvar), SSKA (1 fevral), “Chernomores” (4 fevral) va “Aleksandriya” (12 fevral)ga qarshi o‘yinlar o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berib o‘tgandik. “Viitoriul Selimbar” – “Andijon” o‘rtasidagi bellashuv esa 4 fevral sanasiga belgilangan. Aynan shu kuni jamoamiz Antaliyada ikkita nazorat o‘yinini o‘tkazadi.

Shunday qilib, Turkiya yig‘inidagi 5-raqibimiz ham ma’lum bo‘ldi. Biz yana ma’lumotlar taqdim etishda davom etamiz.  

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:31, 22.12.2023.
O'qildi: 1045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик