Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Xavi va Laporta kamida ikkita sovrinni maqsad qilgan

Xavi va Laporta kamida ikkita sovrinni maqsad qilgan

Baho:
+ | -

Xavi va Joan Laporta joriy mavsumda ikkita chempionlikni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

"Barselona" prezidenti va bosh murabbiyi so‘nggi paytlarda eng yaxshi natijalarga erishmaganiga qaramay, optimist bo‘lib qolishga harakat qilmoqda.

AS xabariga ko‘ra, Laporta ham, Xavi ham yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Superkubogi jamoa uchun burilish nuqtasi bo‘lishiga ishonchi komil.

Ushbu turnirda g‘alaba qozonish hayotiy zarurat sifatida qaralmoqda. Bu trofeyni qo‘lga kiritish klubdagi bosimni yumshatishi kerak.

Shu bilan birga, murabbiy ham, prezident ham birgina unvon bilan qanoatlanmaydi. Ular "Barselona" o‘tgan mavsumdagidek ikkita sovrin yutishi mumkinligiga ishonishadi. "Blaugrana"ning asosiy maqsadi mamlakat Superkubogi va La Ligada g‘alaba qozonish. Ispaniya kubogi ham juda ijobiy qabul qilinadi.

Chempionlar ligasi haqida gap ketganda, yagona talab - eng yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatish va pley-off bosqichlarini munosib va professionallik bilan bosib o‘tish.

Xavi mavsum oxirigacha birorta sovrin yutmasa, o‘z lavozimidan chetlatilishini tushunadi.

“Barselona” ayni damda La Liganing 18-turidan keyin 38 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Klub “Real” va “Jirona”dan 7 ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 21:35, 23.12.2023.
O'qildi: 1317 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик