Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Muhsinjon Ubaydullayev: «Mavsum so‘ngida sovrindorlar qatoridan tushib qolganimiz juda alamli bo‘ldi»

Muhsinjon Ubaydullayev: «Mavsum so‘ngida sovrindorlar qatoridan tushib qolganimiz juda alamli bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Kuni kecha "Neftchi" bilan shartnomani uzaytirgan tajribali himoyachi Muhsinjon Ubaydullayevning qisqacha intervyusini havola etamiz.

—Muhsinjon o‘tgan mavsum xaqida nima deya olasiz?
—O‘tgan mavsumni yaxshi o‘tkazdik, deb ayta olaman. Lekin, yakunda sovrindorlar qatoridan tushib qolganimiz juda alamli bo‘ldi. So‘nggi turgacha medallarga ega chiqish uchun kurash olib bordik. Biroq, barcha muxlislarimiz oxirgi turlarda qanday o‘yinlar bo‘lib o‘tganligiga guvoh bo‘lishdi. Aytib o‘tish joiz, ba’zi bir bellashuvlarda bizga biroz omad yetishmadi.

—Jamoamiz bilan kelasi mavsumda ham birgasiz. Aytingchi, "Neftchi"da qolishingiz uchun asosiy uchta sababni nima bo‘ldi?
—Asosiy sabablardan biri, jamoamiz yangi mavsumda o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yganligidadir. Shuningdek, farg‘onalik bo‘lganim uchun sevimli jamoamda o‘ynash men uchun sharafli hisoblanadi.

—Yakuniga yetgan mavsumda jamoamiz tarkibida maydonda eng ko‘p harakat qilgan futbolchilardan biri bo‘ldingiz.
—Asosiysi, o‘zinga bo‘lgan ishonch. Jamoamomizda istalgan pozisiyada raqobat juda kuchli bo‘lishiga qaramay, maydonda borimni berib harakat qildim. Bu esa o‘z navbatida bexato harakat qilishga undaydi. Raqobat bor joyda o‘sish ham bo‘ladi.

—Yakunlangan mavsumda sizga qarshi o‘ynagan eng kuchli uch futbolchini sanab bera olasizmi?
—Silvanus Nimeli, Oston O‘runov va Oybek Bozorov.

—21-raqam siz uchun nimani anglatadi?
—"21"-raqam hech narsani anglaytmaydi. Jamoa tarkibida menga taqdim etilgan birinchi raqam aynan 21 bo‘lgan va hozirgi kunga qadar Ubaydullayev familiyasi 21 raqam bilan chiroyli ko‘rinadi (kuladi).

—Yangi mavsumda muxlislarimiz o‘tgan mavsumga nisbatan yaxshiroq natija kutishi tabiiy. Bu esa futbolchilarga va shaxsan o‘zingizga bosim tug‘dirmaydimi?
—Bosim har doim bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Bu holat vodiy jamoalarida odatga aylanib ulgurgan bo‘lsa, men uchun esa ko‘proq motivasiya beradi.

—Jamoamiz muxlislari haqida qanday fikrlar bildira olasiz?
—Bu yil jamoamiz muxlislari har qachongidan ko‘ra ancha faol bo‘lishdi. Albatta, erishilgan yutuqlarimizda ularning o‘rni beqiyos. Xudo xohlasa yangi mavsumda ham g‘olibona yurishda davom etib,ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 07:56, 24.12.2023.
O'qildi: 1292 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик