"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella klubini o‘zgartirish niyatida emas.
Mish-mishlarga ko‘ra, yarim himoyachi uzoq vaqtdan beri Angliya Premyer-ligasi gigantlarining radarida bo‘lgan, ammo uni biron bir joyga jalb qilish oson bo‘lmaydi. La Gazette Dello Sport xabariga ko‘ra, Barellani faoliyatini boshqa klublarda davom ettirish variantlari umuman vasvasaga solmaydi - u butun e’tiborini "Inter"ga qaratgan. Eslatib o‘tamiz, tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.
Joriy mavsumda Nikolo Barella Simone Indzagi jamoasida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.