«Bavariya» ayollar klubi futbolchisi Juliya Gvinn noqulay vaziyatga tushib qoldi. U «Nyurnberg»ga qarshi o‘yin (1:1) paytida zaxiradan maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi.
Ammo u shortigini kiymaganini sezib qoldi va o‘sha zahoti kiyinish xonasi tomon yugurib ketdi. Shu sababli Gvinning maydonga tushishi biroz kechikdi.