Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi 2 xil tarkib bilan o‘ynagan

O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi 2 xil tarkib bilan o‘ynagan

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi 2 xil tarkib bilan o‘ynashiga qaramasdan, ortiqcha qiyinchiliksiz 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Terma jamoamiz o‘yinni o‘zi uchun odatiy 3-4-3 sxemasida boshladi. Darvozani Yusupov qo‘riqlagan bo‘lsa, himoya markazida Eshmurodov, Ashurmatov va Xamraliyev uchligi harakat qilishdi. Chap qanotni Nasrullayev, o‘ng qanotni esa Turg‘unboyev egalladi. Maydon markazida Hamrobekov va Xolmatov juftligi to‘p tepdi. Hujum chizig‘ida chapda Fayzullayev, o‘ngda Erkinov va markazda Abduxoliqov maydonga tushirildi.

2-taym boshlanishidan oldin 9 ta o‘zgartirish amalga oshirildi va terma jamoamiz 4-3-3 sxemasiga o‘tdi. Darvozada Ergashev paydo bo‘lgan bo‘lsa, chap qanotga Sayfiyev, o‘ng qanotga esa Abdiraxmatov tushirildi. Faqatgina himoya markazidagi Eshmurodov va Ashurmatov tandemi 1-bo‘limdan so‘ng almashtirilmadi. Maydon markazida Boltaboyev, Iskanderov va Masharipov uchligi paydo bo‘ldi. Hujum chizig‘ida chapda Urunov, o‘ngda Umarov va markazda Amonov harakat qilishdi. 2-bo‘lim davomida G‘aybullayev va Bo‘riyev ham maydonga tushirildi. G‘aybullayev burchak zarbasidan so‘ng boshi bilan gol urish bilan birga, uchrashuv so‘nggida 2-sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

Umuman olganda, o‘yin to‘liq vakillarimiz nazorati ostida o‘tdi. Raqiblarimizning yagona goli ham jarima zarbasidan keyin kiritildi. Terma jamoa tarkibida o‘z debyutini o‘tkazishgan Xolmatov, Xamraliyev, G‘aybullayev, Abdiraxmatov va Bo‘riyevlarning barchasi o‘zidan ijobiy taassurot qoldirishdi. Albatta, raqibning darajasini ham esdan chiqarmaslik lozim.

Jarohatlangan Shomurodov o‘rnini hujum markazida kim egallashi hozircha noma’lumligicha qolmoqda. Terma jamoaning deyarli barcha pozisiyalarida yaxshigina raqobat yuzaga kelgan. Jumladan, vingerlar, markaziy himoyachilar, chap qanot himoyasi va markaziy yarim himoyachilar borasida tanlov imkoniyati mavjud.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 14:04, 26.12.2023.
O'qildi: 1710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик