Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Superliga-2023. Ilk turda toza o‘yin vaqti qancha edi?

Superliga-2023. Ilk turda toza o‘yin vaqti qancha edi?

Baho:
+ | -

Har turning toza o‘yin vaqtlarini e’lon qilamiz. O‘quvchida taqqoslash imkoniyati bo‘lishi uchun mashhur Opta statistikasidan foydalanamiz. U orqali La liga, APL hamda A Seriyaning 2022/23-yilgi mavsumidagi barcha o‘yinlarning o‘rtacha toza o‘yin vaqtini ko‘rish mumkin. Bunda albatta tezlik emas, vaqt masalasi nazarda tutilgan.

Superliga ilk turida "Nasaf" — "Andijon" o‘yini 66 foizlik ko‘rsatkich qayd etgan. Vadim Agishev boshqarib borgan uchrashuvda to‘xtalishlar 87 tani tashkil qiladi. Shu turdan o‘rin olgan hamda Firdavs Norsafarov boshqarib borgan "Turon" — "Buxoro" uchrashuvda to‘xtalishlar soni yanada kamroq — 82. Bu esa foizlarda mazkur ikki bellashuv toza o‘yin vaqti masalasida yaxshiroq natija qayd etishiga zamin yaratgan.

Bunda yana bir jihatga e’tibor qaratish mumkin. Uchrashuv favoriti hisoblangan "Nasaf" mavsumni 3 ochko bilan boshlash ilinjida faollikni daqiqama-daqiqa oshirib borgan. O‘z navbatida "Andijon" ham uchrashuvni ortiqcha cho‘zish uchun harakat qilmagan va yakunda g‘alaba golini urishga ham erishgan.

Bekobodda kechgan va Rahimbek Karimov boshqarib borgan "Metallurg" — "Neftchi" bahsida turdagi eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. "Neftchi" birinchi bo‘limning o‘zidayoq 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib oladi. Safarda o‘ynayotganidan va hisob o‘zini qoniqtiradigan ko‘rinishda ekanligidan kelib chiqib, mehmonlar ikkinchi bo‘limda tempni ortiqcha oshirishga intilmagan. Bu esa tabiiy holat.

Ma’lumot uchun, Turkiya Superligasi yetakchilari bo‘lgan "Fenerbaxche" va "Galatasaroy" bir necha kun avval o‘zaro to‘qnash kelishdi. Turkiya nashrlari mazkur bellashuvda toza o‘yin vaqti 43 daqiqani tashkil qilganiga e’tibor qaratdi. Bir taymdan ham kam bu ko‘rinish sababli uchrashuv muxlislar kutganidek yorqin kechmadi: qoida buzishlar, ko‘p to‘xtalishlar va durang natija.

Manba: УзПФЛ
Kiritildi: 16:50, 27.12.2023.
O'qildi: 2141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.