«Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romero jarohat tufayli 4-5 hafta davomida maydonga qayta olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
25 yoshli argentinalik futbolchi shanba kuni bo‘lib o‘tgan «Everton»ga qarshi o‘yinda (2:1) jarohat olgandi.
Romero joriy mavsumda «shporlar» safida 15 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol urdi.