Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

"Barselona" Levandovskiga iltimos bilan chiqmoqchi

"Barselona" Levandovskiga iltimos bilan chiqmoqchi

Baho:
+ | -

"Barselona" Robert Levandovskining maoshini kamaytirmoqchi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, "blaugrana" forvardni sotish haqida o‘ylamayapti, futbolchining o‘zi ham ketishni istamayapti. Shu bilan birga, ularning shartnomasida maoshlarni bosqichma-bosqich oshirish ko‘zda tutilgan va keyingi mavsumda polyak jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ladi.

Moliyaviy muammolar tufayli "Barselona" ba’zi o‘yinchilar bilan maoshlarni qisqartirish bo‘yicha muzokaralar olib borishga umid qilmoqda va ular orasida Levandovski ham bor. Ispaniyaning amaldagi chempioni rahbariyati hujumchidan uning agenti Pini Zaxavi bilan yaxshi munosabatlaridan foydalanib, yon berishni so‘rashi mumkin.

35 yoshli futbolchi joriy mavsumda La Liganing 16 ta uchrashuvida 8 ta gol urdi.

Kiritildi: 08:23, 28.12.2023.
O'qildi: 5622 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик