Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Manchester Siti" 25 million yevrolik transferni hal qildi

"Manchester Siti" 25 million yevrolik transferni hal qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" "River Pleyt"ning 17 yoshli yarim himoyachisi Klaudio Echeverri bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi The Guardian nashri.

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" argentinalik futbolchi uchun 25 million yevro to‘lashga va shu tariqa Echeverrini qo‘lga kiritish uchun kurashda "Barselona"ni mag‘lub etishga tayyor. Kelishuvdan so‘ng yarim himoyachi ijara asosida yana bir yil "River Pleyt"da qoladi. Futbolchining "Manchester Siti" bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan.

Echeverri "River Pleyt" tarbiyalanuvchisi va akademiyadan asosiy jamoagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning dekabrigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali argentinalik futbolchini 12 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Echeverri 6 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

19 turdan keyin "Manchester Siti" 37 ochko bilan Premyer-ligada 4-o‘rinni egallab turibdi. Chempionatda "Liverpul" yetakchilik qilmoqda (42 ochko).

Kiritildi: 09:27, 28.12.2023.
O'qildi: 1853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик