Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Puma "Barselona"ning yangi homiysi bo‘lmoqchi

Puma "Barselona"ning yangi homiysi bo‘lmoqchi

Baho:
+ | -

Puma "Barselona"ga bosim o‘tkazmoqda. Nemis kompaniyasi klubning yangi homiysi bo‘lmoqchi. Bu haqda insayder Fernando Polo xabar berdi.

Klubga yaqin manbalar Puma'ning qiziqishini inkor etmagan holda, buni "murakkab masala" deb baholab, bu borada izoh bermaslikni afzal ko‘rishdi. Nemis kompaniyasining istagi allaqachon kiyinish xonasigacha yetib borgan, u yerda hatto 2025/26 mavsum uchun futbolkalar ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida allaqachon mish-mishlar mavjud.

Nike to‘lov shartlarini pastlatgan holda qaytadan muhokama qilmoqchi, ammo "Barsa" ko‘proq olishni xohlaydi, chunki boshqa kompaniyalardan ko‘proq taklif qilinayotgan takliflar bor. Nike rahbarlari Puma'ning yutuqlaridan xabardor va uning klubga ta’siridan xavotirda.

“Barsa” hamda Nike o‘rtasidagi hamkorlik 1998 yildan boshlangan. Biroq, bir necha yillar davomida va turli sabablarga ko‘ra, bu munosabatlar tobora keskinlashib bormoqda. Oxirgi ikki mavsumda do‘konlarda “Barsa”ning asosiy jamoasining turli o‘lchamdagi futbolkalari yo‘qligi holatlari kuzatildi. Bu klub uchun moliyaviy yo‘qotishlarni anglatadi. Qo‘shimchasiga, Bartomeuning so‘nggi davrida klub tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, jumladan Nike tomonidan shartnomani buzganligi bo‘yicha bir qancha da’volar bilan chiqdi.

Kiritildi: 11:29, 28.12.2023.
O'qildi: 1127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик