Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Farhod Sohibjonov: "Ko‘plab futbolchilar bilan tanishman, shuning uchun hech qanaqa qiyinchilik tug‘ilgani yo‘q"

Farhod Sohibjonov: "Ko‘plab futbolchilar bilan tanishman, shuning uchun hech qanaqa qiyinchilik tug‘ilgani yo‘q"

Baho:
+ | -

Ma’lumki, Timur Kapadze boshchiligida “Olimpik” futbolchilari va O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar Turkiyaning Antaliyada shahrida yig‘in o‘tkazdilar.

“Andijon” jamoasining iqtidorli futbolchisi Farhod Sohibjonov ham mazkur yig‘inga taklif qilinganidan xabaringiz bor.

Kapadze jamoasi u yerda ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va har ikkisi Qozog‘istonning “Qaysar” klubiga qarshi bo‘lib o‘tdi. Qizig‘i, ushbu bahslarda vakillarimiz bir xil – 2:0 hisoblarida g‘alaba qozonishdi.

Sohibjonov dastlabki bellashuvda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Keyingi o‘yinda ham ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushirildi.

Sohibjonov yig‘in yakunlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Farhod, Turkiyadagi tayyorgarlik haqida so‘ramoqchiman. Terma jamoa ixtiyorida bo‘ldingiz va Antaliya yig‘ini qanday o‘tdi?

- O‘quv-mashg‘ulot yig‘inimiz ko‘ngildagidek o‘tdi. Xudoga shukr, jamoadagi barcha futbolchilar juda yaxshi kirishib ketdim. Bu narsa mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda bilindi. Masalan, birinchi uchrashuvda gol urdim. Ikkinchi uchrashuv ham men uchun yaxshi o‘tdi, deb o‘ylayman. Shu o‘rinda menga imkoniyat bergani uchun bosh murabbiy Timur Kapadzge rahmat aytmoqchiman.

- Shuningdek, siz ilk bor terma jamoa mashg‘ulotida qatnashdingiz. O‘zingizni qanday his qildingiz? U yerda do‘stlaringiz ham bormidi?

- Ha, albatta, ko‘plab futbolchilar bilan oldindan tanishman. Shuning uchun menga bu yerda hech qanaqa qiyinchilik tug‘ilgani yo‘q. Boya aytganimdek, yigitlar bilan juda yaxshi kirishib ketdim.

- Ma’lumki, Qozog‘istonning "Qaysar" klubiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazildi. Ikkala bahsda ham 2:0 hisobida g‘alaba qozondinglar. Bu o‘yinlar qanday o‘tdi va ko‘proq nimalarga e’tibor qaratildi?

- To‘pni nazoratga olib, ketma-ket hujumlar qildik. Maqsadimiz ham aynan to‘pni nazorat qilib, hujumlar tashkillashtirish edi.

- Bilamizki, “Qaysar”ga "Andijon"ning sobiq bosh murabbiyi Viktor Kumikov ustozlik qilyapti. U bilan ko‘rishgan bo‘lsangiz kerak?

- Albatta, ko‘rishdim. Seni terma jamoa yig‘iniga chaqirishganidan xursandman dedi va menga omad tiladi.

- Ayting-chi, Timur Kapadze yig‘inda asosan nimalarga e’tibor qaratdi va siz bilan gaplashganda nimalar dedi?

- Murabbiy birinchi o‘rinda tartib-intizomni qattiq ushladi. Chunki futbolchirda tartib-intizom bo‘lmasa jamoa natija ham bo‘maydi. Hech nimani o‘ylamasdan o‘z o‘yininglarni ko‘rsatinglar, bir jamoa va bir oila bo‘lib, harakat qilinglar, deya alohida ta’kidladi.

Manba: “Андижон” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 22:33, 28.12.2023.
O'qildi: 1794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.