Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yevrofutbol endi qaysi yo‘nalishdan ketadi?

Yevrofutbol endi qaysi yo‘nalishdan ketadi?

Baho:
+ | -

Yevropa Ittifoqi adliya sudi UYEFA va Superliga loyihasi o‘rtasidagi ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqardi. Sud hukmiga ko‘ra, Superliga lo­yihasi qonuniy. Oddiy aytganda, FIFA va UYEFAning futbolda monopoliya o‘rnatishga urinayotgani qonunga zid ekanligi ta’kidlandi. «FIFA va UYEFA reglamentlarida Superliga kabi yangi futbol loyihalari avvalo, ikki tashkilot tomonidan ma’qullanishi belgilangan. Bu esa Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga zid holatdir. Klublarga boshqa musobaqalarda o‘ynashni taqiqlash noqonuniy hisoblanadi. FIFA va UYEFA bu masalada vakolatini suiiste’mol qilmoqda», - deyiladi sud qarorida. Shuning barobarida FIFA va UYEFAning translyasiya huquqlaridan foydalanishga oid qoidalari Yevropa klublari, media bozorda faoliyat yurituvchi kompaniyalar, qolaversa iste’molchilar va teletomoshabinlar huquqlarini poymol etilishi sifatida baholandi. Eslatma, 2021 yili Madrid sudi ham «Real», «Barselona» va «Yuventus» klublarining Superliga tashkil etishga urinishini qonuniy harakat sifatida e’tirof etgandi. Biroq UYEFA va mahalliy federasiyalar tazyiqi ostida Yevropaning bir qator top-klublari loyihadan voz kechgan va faqat «Real» hamda «Barselona» asosiy tashkilotchilar maqomida qolgandi. Qiziq endi nima bo‘ladi?

*** 

FIFA prezidenti Janni Infantino YEI sudining Superliga foydasiga chiqargan qaroriga munosabat bildirib, bu hech narsani o‘zgartirmasligini ta’kidladi: «Evropa sudiga hurmat saqlagan holda aytamanki, ushbu qaror hech narsani o‘zgartirmaydi. Biz tarixan dunyo futbolidagi eng yaxshi musobaqalarni tashkil etganmiz va shunday bo‘lib qolaveradi. Ya’ni eng qiziqarli, raqobatbardosh va mazmunli turnirlarni o‘tkazishda davom etamiz, o‘z daromadimizni birdamlik dasturlari vositasida dunyoning har bir burchagida futbolni rivojlantirishga sarflaymiz. FIFA a’zo assosiasiyalar, konfederasiyalar va futbolning barcha manfaatdor tomonlari bilan yaqin hamkorlikni saqlab qoladi. O‘yin manfaati uchun birgalikda butun dunyo bo‘ylab olg‘a boramiz!»

*** 

Superliga loyihasi bosh direktori Bernd Rayxart YEI sudi qarorini xursandchilik bilan qabul qildi, albatta. «Mana, nihoyat, raqobatlashish huquqini qo‘lga kiritdik. UYEFA monopoliyasiga chek qo‘yish vaqti keldi. Futbol ozod bo‘ldi. Klublar UYEFAning sanksiya va tahdidlaridan xoli. Endi har bir jamoa o‘z kelajagini mustaqil tanlaydi», - dedi Rayxart. Uning aytishicha, Superligada translyasiya huquqi bepul bo‘ladi, klublarga katta daromad kafolatlanadi. Relevo nashri xabariga qaraganda, Superliga rahbari endi APL klublarini loyihaga qo‘shish bo‘yicha muzokara jarayoniga kirishadi. Binobarin, Angliyaning bir qator top-klublari loyihada ishtirok etmasligini ma’lum qilib ulgurdi. Boz ustiga, Superligada ishtirok etish istagida bo‘lgan Angliya klublari milliy chempionatdan chetlatilishi haqida ogohlantirilgani aytilmoqda. Zero, sud qarori APLga ta’sir qilmaydi, chunki Buyuk Britaniya 2020 yilning fevral oyida YEI tarkibidan chiqqan. «Buyuk Britaniya hukumati APL klublarining Superligaga o‘xshash turnirlarda ishtirok etishiga ruxsat bermaydi», - deyiladi Angliya matbuoti xabarlarida. Jumladan, Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Superligaga qo‘shilishga uringan APL klubidan chempionatda 30 ochko olib tashlanadi va u 29 mln. funt miqdorida jarimaga tortiladi. Insayder Xorxe Kalabresning aytishicha esa, yangi turnir tashkilotchilari dastlabki 3 mavsum xarajatini qoplash uchun 15 milliard yevroga egalar va moddiy ta’minot va’dasi bilan klublar fikrini o‘zgartirishlari mumkin. 

Umuman, hozir Yevropada Superliga tarafdorlari juda kam. Misol uchun, «Bavariya» kabi bir qator katta klublar rahbariyati allaqachon UYEFAni qo‘llab-quvvatlashi va Superliga taklifini qabul qilmasligini birdirdi. Lekin yangi loyihaga qiziqayotganlar ham bor. Xususan, «Napoli» prezidenti Aurelio de Laurentis o‘z jamoasini Superligada ko‘rmoqchi. Fransiyada esa «Marsel» va «Lion» yangi turnirga moyil. 

*** 

UYEFA bu vaqtda CHLning yangi formatidan voz kechishi mumkin. Oldinroq kelasi mavsumdan klublarning asosiy turnirida guruh bosqichi bekor qilinishi, buning o‘rniga Shveysariya tizimi bo‘yicha 36ta jamoadan iborat yagona liga tuzilishi ma’lum qilingan edi. Biroq tashkilot YEI sudi qarori ta’sirida yangi tizimdan voz kechib, joriy formatni saqlab qolishi mumkin.

***

2025 yili start olishi kutilayotgan Superliga formati qanday bo‘lishi mumkin? Taxminiy variantga ko‘ra, jami 64ta klub 3ta divizionga bo‘linadi (Star, Gold va Blue). Demak, turnir divizionlar aro ko‘tarilish va tushib ketish formulasiga asoslanadi. Har bitta jamoa mavsumda 14ta o‘yin o‘tkazadi (o‘z maydoni va safarda 7tadan). Turnir esa ikki bosqichni o‘z ichiga oladi (davrali va «pley-off»). Lekin Superliganing formati hali tasdiqlanmagan. 

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 28.12.2023.
O'qildi: 1427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.