Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta 2-3 Komo
25/09 00:00 Real Madrid 3-2 Alaves
25/09 17:30 Paxtakor - Olimpik
25/09 20:30 Andijon - Neftchi
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 18:30 Navbahor - So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo - Surxon
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

Retkliffning "MYU"dagi vazifalari

Retkliffning "MYU"dagi vazifalari

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” Ineos bosh direktori Jim Retkliff bilan 25 foiz ulushini sotish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Gleyzerlar oilasi endi klubga biroz kamroq ta’sir qiladi, chunki britaniyalik milliarderga muhim futbol qarorlarini qabul qilishga ruxsat berilgan. Buning uchun Retkliff klubga 300 million dollar sarmoya kiritadi. Ammo "Manchester Yunayted"ning yangi rahbaridan faqat pul talab qilinmayapti. Kelinf, Retkliff hal qilishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalarni ko‘rib chiqamiz.

Muxlislar mehrini qozon

Gleyzerlar 2022 yilning yozida "Manchester Yunayted"ni sotishga tayyorligini e’lon qilgandan so‘ng, Retkliff ko‘plab muxlislarning klubning keyingi egasi bo‘lish uchun eng yaxshi tanlovi edi. Ishbilarmonga muxlislarni og‘dirish qiyin bo‘lmadi. U Manchester shimolida, "Yunayted" tashkil topgan joydan atigi bir mil uzoqlikda tug‘ulib o‘sgan. Biroq, Retkliffning aksiyalarning faqat bir qismini qaytarib sotib olish, Gleyzerlarni o‘z o‘rnida qoldirib, uning raqibi Shayx Jassim esa “Manchester Yunayted”ni to‘liq sotib olmoqchi bo‘lganidan hamma muxlislar ham mamnun emasdi.

Dastlab, britaniyalik klubning 69, keyin esa 50 foiz aksiyalarini sotib olmoqchi bo‘lgan, ammo bu bor-yo‘g‘i 25 foizga ega chiqdi. Milliarderning Gleyzerlar haqidagi fikrlari uning muxlislar o‘rtasidagi obro‘sini yanada yomonlashtirdi.

Retkliff "Nissa"ga egalik qiladigan Fransiyada u muxlislar bilan muloqot qilish bilan mashhur. Shunday ekan, agar u omma oldida gapirsa, o‘yinlarga muntazam qatnashsa, qo‘llab-quvvatlovchilar maslahat kengashi va boshqa muxlislar guruhlari bilan muloqot qilsa, klubni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni chin dildan xohlashini ko‘rsatsa, odamlarni o‘z tomoniga tortishda muammo bo‘lmaydi.

“Old Trafford”ni yaxshilash

"Manchester Yunayted" Buyuk Britaniyadagi eng katta stadionga ega, ammo sarmoya yetishmasligi tufayli uning maqomi sezilarli darajada pasaygan. Hajmni 75 ming kishiga oshirishga qaratilgan so‘nggi muhim modernizasiya 2006 yilda bo‘lib o‘tgan va Gleyzerlar kelishidan oldin ham rejalashtirilgan edi. O‘shandan beri faqat o‘zgarishlar kichik ta’mirlash va Wi-Fi o‘rnatilishi bo‘ldi. Tablo 2000-yillarning boshidan beri o‘zgarmadi va videotakrorlar uchun ekranlar yo‘q. Bundan ham tashvishlanarlisi, kuchli yog‘ingarchilik paytida tomdan suv oqadi.

"Old Trafford" o‘zini juda eskirgandek his qiladi, ayniqsa "Arsenal", "Tottenxem" va "Vest Xem"ning yangi stadionlari oldida, shuningdek, "Manchester Siti" va "Liverpul"ning modernizasiya qilingan stadionlari bilan solishtirganda. Yevro-2028 o‘yinlarini o‘tkazish uchun “Orzular teatri” o‘rniga keyingi ta’mirdan keyin sig‘imi 60 ming kishiga ko‘tariladigan “Etihad” tanlangani ajablanarli emas.

Ma’lum qilinishicha, Retkliff "Old Trafford" sig‘imini 90 ming kishigacha oshirishni rejalashtirmoqda. Ammo agar u stadionning xalqaro obro‘sini tiklamoqchi bo‘lsa, tribunalarni kengaytirishdan ko‘ra ko‘proq narsani qilishi kerak va buning uchun katta sarmoya kerak bo‘ladi. "Real Madrid" "Santyago Bernabeu"ni modernizasiya qilish uchun taxminan 1 milliard yevro sarfladi va bu o‘rindiqlar sonini oshirmadi. Yangilangan “Kamp Nou” esa “Barselona”ga 1,5 milliard yevroga tushadi.

Transferlar tizimi shakllantirish

"Manchester Yunayted" transfer bozorida juda yomon. So‘nggi yillarda klub o‘yinchilar uchun yuqori narxlarda to‘lash va keyin arzonga qo‘yib yuborish kabi tashvishli odati paydo bo‘ldi. Fred o‘tgan yozda atigi 8 million funtga, David De Xea esa tekinga ketgan. Qolaversa, mankunianliklar Xarri Maguayr, Skott Maktominay va Jeydon Sancho bo‘yicha ham munosib takliflar olmadi. Retkliff va uning yordamchisi Devid Braylsford "Yunayted"ning skautlar tarmog‘ini yangilashi kerak bo‘lib, ularda tanlash mumkin bo‘lgan o‘yinchilarning keng doirasiga ega bo‘lishi va "Yunayted" Meyson Maunt uchun 60 million funt va Antoni uchun 85 million funt sterling to‘lagani kabi aldanmasliklarini ta’minlashi kerak.

Kadrlar bilan bog‘liq muammolarni yechish

Transfer bozori Retkliff va uning yangi jamoasi hal qiladigan yagona soha emas. "Manchester Yunayted" bosh direktori Richard Arnold allaqachon lavozimidan chetlatildi. Milliarderning navbatdagi qurboni sport direktori Jon Murto bo‘lishi mumkin. Unga 2021 yilda berilgan lavozimga ziyraklik yetishmadi. Murto uchta yozgi transfer oynasini aralash natijalar bilan kuzatdi.

Xabar qilinishicha, Retkliff klubning yuqori rahbariyatida bir qator o‘zgarishlarni, jumladan Pol Mitchellni yangi sport direktori etib tayinlashni ko‘rib chiqmoqda, bu Murto uchun yomon xabar bo‘lardi. Mitchell Maurisio Pochettino bilan "Sautgempton" va "Tottenxem"da ishlagan. U Son, Dele Alli va Kiran Tripiyerni kashf etdi.

Kiritildi: 12:14, 29.12.2023.
O'qildi: 2828 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.