Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Baqaloq» yana Messi bilan birga...

«Baqaloq» yana Messi bilan birga...

Baho:
+ | -

Braziliya chem­pionatida ham o‘zligini namoyish eta olgan Luis Suares sobiq klubdoshi Lionel Messi yoniga oshiqmoqda. Kutilganidek, urugvaylik goleador rasman «Inter Mayami» futbolchisiga aylandi. 36 yoshli hujumchi Florida klubi bilan 2024 yilning oxirigacha mo‘ljallangan shartnomani rasmiylashtirdi. Darvoqe, Suares bundan oldin «Barselona»da mashhur MSN uchligi qanday yuzaga kelganini eslagandi.

Ha, «Barselona»da chakki taassurot qoldirmagan Luis Suares braziliyalik Neymar va argentinalik Lionel Messi bilan qachon ilk marta muvaffaqiyatli o‘ynay boshlaganini esladi. Urugvaylikning aytishicha, bunda Messi tashabbus ko‘rsatgan: «Bizning trio «Ayaks» bilan bahs (CHL-2014G‘2015 guruh bosqichi)da yuzaga kelgandi. Aslida bosh murabbiy Luis Enrike chal­g‘ituvchi «9-raqam» rolida Messi o‘ynashini xohlagandi. Neymar va men esa qanotlardan joy olgandik. Leo ma’lum vaqtda bu chizma ish bermayotganini tushundi va menga yuzlandi: «Hoy, baqaloq, «9-raqam» pozisiyasida o‘yna, senga o‘ng qanotdan yordam beraman». Aytish kerak, «Barselona»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘sha o‘yinda har ikki gol Leo Messi hisobiga yozilgan.

Luis Suares e’tirofidan so‘ng muxlislar dongdor trioni yana shirin entikish bilan esga ola boshlashdi: 

- Bu uch nafar yigit o‘z davrining eng dahshatli hujum trio­si bo‘lish barobarida futbol olamiga chin hujumkor o‘yin qandayligini namoyish etgandi. Tasavvur qiling, jamoangiz hujumining har bir pozisiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchilari harakatlanishsa, nima bo‘ladi...?

- Shunchaki, eng kuchli trio.

- 21-asrning eng yaxshi hujum uchligi. Katta farq bilan.

- Luis bilan faqat «so‘yloq» (Ronaldo) tenglashishi mumkin.

- Urugvay futboli bunday darajadagi futbolchini hali uzoq kutadi.

Suares shuningdek, Messi va Neymar xudbinlikdan mutlaqo xoli bo‘lishganini alohida ta’kidladi: «Hech qanday egoizm yo‘q edi. Deylik, ular «Oltin butsa» yutishim uchun menga jarima zarbalari va penaltilarni berishgan. Chunki biz maydonda hamma o‘z rolini bajarsa, «Barselona» buyuklashishini bilardik. Qisqasi, trio xudbinlik yo‘qligi ortidan shunday muvaffaqiyatga erishgan. Misol uchun, Neymar yoki Messi gol ursa, chin yurakdan xursand bo‘lardim. Ular ham ko‘proq gol to‘plashimga katta hissa qo‘shishgan. Bu - juda ta’sirli hamkorlik...».

Fakt. Luis Suares, Lionel Messi va Neymar 2014-2017 yillar birga o‘ynashgan. MSN triosi 3 mavsum davomida «Gol+pas» tizimi bo‘yicha jami 535 ball to‘plagan (364ta gol va 171ta assist).

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 29.12.2023.
O'qildi: 3055 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик