Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Atalanta" ustozi: "Bugun bizni qiyin o‘yin kutib turibdi"

"Atalanta" ustozi: "Bugun bizni qiyin o‘yin kutib turibdi"

Baho:
+ | -

"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini A Seriyaning 18-turidan o‘rin olgan "Lechche"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida fikr bildirdi. Bergamoliklar 30 dekabr kuni o‘z maydonida Italiya janubidan kelgan jamoaga qarshi o‘ynaydi, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi.

"Bu oson bo‘lmaydi, chunki "Lechche" turnir jadvalida 20 ochkoga ega va oxirgi turda chempionat peshqadami "Inter"ga muammo tug‘dirdi, garchi o‘yin "Juzeppe Measa" stadionida o‘tkazilgan bo‘lsa-da. O‘yinlarning qiyinligi qaysi jamoalar bilan to‘qnash kelishingizga qarab o‘zgaradi. Biroq, "Lechche" kabi klublar qolganlari bilan farqni yopdi; ular har qanday raqibga muammo tug‘dira oladi va munosib murabbiylarga ega. Agar siz eng yaxshi formada bo‘lmasangiz, ularni mag‘lub etish qiyin", - dedi Gasperini "Atalanta" rasmiy saytiga.

Italiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan “Inter” – “Lechche” uchrashuvi 2:0 hisobida milanliklar foydasiga hal bo‘ldi. “Atalanta” 26 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinda, “Lechche” 20 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 09:13, 30.12.2023.
O'qildi: 785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик