Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Qahramon Aslanov «MYU» transfer qilgan futbolchilarning holatini tahlil qildi

Qahramon Aslanov «MYU» transfer qilgan futbolchilarning holatini tahlil qildi

Baho:
+ | -

Jurnalist Qahramon Aslanov «Manchester Yunayted» klubi tomonidan so‘nggi bir yarim yil ichida transfer qilingan futbolchilarning joriy mavsumdagi holati va o‘yiniga izoh berdi.

1.Martines - hozircha eng yaxshi transfer. O‘tgan 14 oydan 7 oyini o‘tkazib yubordi. Ikki marta jarohat (ikki oy, to‘rt oy) tufayli, bir marta jahon chempionatidan keyin formaga qaytish.

2.Malasiya - Yaxshi boshladi, ammo Shou formaga kirganida o‘rtadagi farq sezildi. O‘tgan mavsumda atigi 14 o‘yinni asosiyda boshladi. Bu yil hali jarohatdan tiklanmadi.

3.Antoni - katta summaga olib kelindi, ayni damda apreldan buyon gol urolmadi. Assist ham yo‘q.

4.Kazemiro - top futbolchi. Ammo yoshi 30 dan oshgan. O‘tgan mavsumning 16 o‘yinini jarohatlar, diskvalifikasiyalar tufayli o‘tkazib yubordi. Bu mavsumda uch oy lazaretda.

5.Eriksen - shunchaki, rotasiya uchun olingani ma’lum, o‘tgan yili 2 oy, bu mavsum ham 2 oy jarohatda o‘tkazdi.

6.Vergost - ijaraga olindi, APLda birortayam gol urolmadi. Ishonchni oqlamagani uchun olib qolinmadi.

7.Zabitser - Ijaraga keldi, ishonchni oqlay olmadi.

8.Onana - katta summaga olib kelindi. Hozircha ishonchni oqlay olmadi.

9.Maunt - shartnomasi bir yil qolgan, so‘nggi ikki yilda deyarli o‘ynolmagan futbolchi uchun katta summa to‘landi. APLda atigi 4 o‘yinda asosiyda tushdi. Qolgan payt jarohatda.

10.Amrabat - Fred darajasida ham o‘ynolmadi. Ijaraga olingan, qaytib ketsa kerak.

11.Xoylund - katta summa to‘landi. Hozircha APLda 1 gol.

12.Regilon - qanot himoyachilari safdan chiqqach ijaraga olindi. Sog‘ bo‘lsa-da, o‘rniga o‘ng qanot o‘yinchisi Dalot chapda o‘ynayotganidan kelajagi ma’lum. U ham ikki oy jarohatda o‘tkazdi.

13.Evans - chempionshipga tushib ketgan «Lester» yangi shartnoma bermagan futbolchi.

14.Bayindir - Onana shuncha xato qilsayam, birgina o‘yinga ishonilmaydigan darajadagi ikkinchi posbon.

Qariyb ikki yil, uch transfer oynasi, o‘nlab transfer, ammo hozirdan turib qaralsa, bulardan faqat Martines, qisman, agar o‘ynab ketishsa, Onana va Xoylund, kelajakda ham asosiy tarkibdan o‘rin olishi mumkin. Maunt noma’lum. Ayni damda bu futbolchilarning birortasi APLdagi biror top-klubning asosiy tarkibiga tortmaydi. Nafaqat «Arsenal» yo «Siti», hatto «Aston Villa» yoki «Nyukasl» ham bu nomlarning ko‘pini olmagan bo‘lardi. Hozir Angliyaning istalgan klubida shunday futbolchi borki, Manchesterga kelsa, o‘z pozisiyasida bemalol asosiyga aylanadi. Qani daraja? Axir «MYU» kabi klubga keladigan futbolchilar qandaydir minimum talablarga mos kelishi kerak emasmi?

Dahshat. Klubda skauting bo‘limi, sport ishlari bo‘yicha rahbarlar o‘z ishini qilmasa, hamma qarorlar pala-partish, murabbiyga tashlab qo‘yilsa, odatda, mana shunday oqibatga kelinadi.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 08:23, 31.12.2023.
O'qildi: 2564 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.