"Milan" vingeri Kristian Pulishich faoliyatidagi eng sermahsul mavsumlardan birini o‘tkazmoqda. Amerikalik futbolchi A Seriya 18-turidan o‘rin olgan o‘yinning 59-daqiqasida "Sassuolo" darvozasini ishg‘ol qildi.
Hozirda 25 yoshli futbolchi Italiya chempionatining 16 uchrashuvida 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Pulishich o‘z faoliyatida ikkinchi marta ligada gol urish bo‘yicha 10+ ko‘rsatkichga erishdi.
Ilgari u buni faqat 2019/20-yilgi mavsumda uddalagandi – “Chelsi” uchun Premyer-ligada to‘qqizta gol va to‘rtta golli uzatma.