Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Jonkuyarlik timsoli

Jonkuyarlik timsoli

Baho:
+ | -

Yakuniga yetayotgan 2023 yil sarhisobini qilib, "Dinamo" jamoasining tom ma’nodagi 12-o‘yinchisiga aylana olgan muxlislar va ularning yetakchisi Shavkat Burhonovni eslamasak adolatdan bo‘lmasdi.

«Dinamo»ning 2023 yilgi muvaffaqiyatlari zamirida Shavkat Burhonov yetakchiligidagi fan-klubning ham hissasi katta bo‘ldi. Samarqand klubi Pro ligada tomoshabinlar tashrifi bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, «Dinamo»ni xoh uyda, xoh safarda ajoyib darajada qo‘llab-quvvatlashdi. Ya’ni, muxlislarimizning bu ligada raqobatchisi yo‘q edi. Ishqibozlarni bayram kuni ta’riflash uchun aslida so‘z ko‘p, ammo ularning «Dinamo» uchun qay daraja muhimligini birgina fakt – jamoaning O‘zbekiston kubogidagi natijalari ko‘rsatib berdi. «Dinamo» aynan jonkuyar muxlislari qarshisida «Lokomotiv» darvozasiga 3ta gol urdi, amaldagi chempion «Paxtakor» darvozasini uch marta ishg‘ol etib turnirdan chiqarib yubordi, «Olimpik» darvozasiga 4ta gol yo‘lladi va yarimfinalgacha yetib keldi. Qarshidagi o‘yinda esa stadiondagi mehmon jamoa tribunalari bu daraja to‘lmagandi. «Dinamo» aynan 3 mingga yaqin muxlislarning qo‘llashi evaziga yakunda «Nasaf» bilan tengma-teng o‘ynadi va alamli tarzda kubokning bo‘lajak sohibiga yutqazdi. Mavsumdagi ilk mag‘lubiyatdan keyingi bu alamli ko‘z yoshlar aylanayotgan lenta singari kechagidek esimizda...

2023 yilning so‘nggi soatlarida, 2023 yil tarixga aylanishiga sanoqli daqiqalar qolganida «Dinamo» muxlislarini tilga olayotganimiz bejizga emas. Chunki, aynan ular fidoyilik va jonkuyarlik borasida o‘rnak bo‘la olishdi, qanchadan-qancha qiyinchiliklarga qaramay, Shavkat Burhonov faolligida Nukusdan Andijongacha borib, har qanday holatda jamoa bilan yelkama-elka turishdi. Aslida ham jonkuyarlik, sodiqlik tushunchalar aynan ularga xos.

Shaxsan «Dinamo»dagi 16 yillik faoliyatimdan ko‘rganim – jamoa bir necha marta quyi ligaga tushib ketganida ham, bir necha yillar avval moliyaviy og‘ir holatda qolib, yordamga muhtoj bo‘lganida ham «Dinamo»ni yolg‘iz qo‘ymay, suyukli jamoasi «Dinamo» ekanini baralla aytgan ham – samarqandlik muxlislar edi. 2024 yil ostonasida bu muxlislar Superligada «yondirish»larini ishonch bilan aytib, yangi yildagi «Dinamo» nihoyat ular orzu qilgan jamoaga aylanishiga tilak bildirib qolamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:15, 31.12.2023.
O'qildi: 1266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.