Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Yevropada transfer oynasi endigina ochildi, ammo ko‘plab transferlar amalga oshirildi

Yevropada transfer oynasi endigina ochildi, ammo ko‘plab transferlar amalga oshirildi

Baho:
+ | -

1 yanvar kuni Yevropaning bir qator top-ligalarida qishki transfer oynasi ochildi. Bir oy ichida klublar futbolchilarni sotib olish yoki ijaraga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Luis Suares: “Gremio” → “Inter Mayami” (erkin agent)

Devid Bekxem Lionel Messi Mayamida qulay bo‘lishi uchun hamma narsani qilmoqda. Asta-sekin "Inter" bir vaqtlar Barselonada Leo bilan birga o‘ynagan 30 yoshdan oshganlar klubini shakllantirmoqda. Jordi Alba, Serxio Buskets va endi Luis Suares. Urugvayning bu harakatini kutilmagan deb atash mumkin emas, chunki bu haqda avvalgi oylar davomida muntazam ravishda yozib borildi. Faxriy "1+1" sxemasi bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Emil Forsberg: “RB Leypsig” → “Nyu-York Red Bulls”

Forsberg "Leypsig"da 9 yil o‘ynadi. Shvesiyalik ikkinchi Bundesligadan Chempionlar ligasining pley-off bosqichigacha yo‘l oldi. Germaniya kubogida ikkita, mamlakat Superkubogida bitta g‘alabaga erishdi. 324 uchrashuv, 71 gol, 69 golli uzatma. Endi Forsberg faoliyatini xorijda davom ettiradi va albatta, Red Bull klubida. Yarim himoyachi 2024 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan “2+1” sxemasi bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Ugo Lyoris: "Tottenxem" → “Los-Anjeles”

Fransiyalik darvozabon "Tottenxem"da 11,5 yil o‘tkazdi va shu vaqt ichida 444ta o‘yinda maydonga tushdi. Lloris o‘tgan mavsumni sog‘lig‘idagi muammolar tufayli o‘tkazib yubordi va bu yil u maydonga tushmadi. 2023 yilning so‘nggi kunida "Tottenxem" o‘z maydonida "Bornmut"ni mag‘lub etdi (3:1), Lloris esa o‘yin oldidan maydonga tushib, muxlislar bilan xayrlashdi.

Erik Bayi: “Beshiktosh” → “Vilyarreal” (erkin agent)

Afrikalik himoyachi 2023 yilning sentyabrida “Beshiktosh”ga o‘tgan, biroq atigi 4 oy o‘tib klubini o‘zgartirgan. U Turkiyada bor-yo‘g‘i sakkizta o‘yinda maydonga tushdi. Rahbariyat Erik o‘z ishini noprofessional bajarayotganini va jamoa ichidagi muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini sezdi. Bayi “Vilyarreal”ga qaytdi va u yerdan 2016 yilda “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi.

Donni van de Bek: “Manchester Yunayted” → “Ayntraxt Frankfurt” (ijara)

Van de Bek nihoyat “Manchester Yunayted”ni tark etdi. Har ikki tomon ham xursand bo‘lgan holatga o‘xshaydi. To‘g‘ri, hozircha niderlandiyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ni ijara asosida tark etgan, ammo "Ayntraxt" sotib olish huquqiga ega. Joriy mavsumda 26 yoshli yarim himoyachi bor-yo‘g‘i 21 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Uch yil avval “Manchester Yunayted” futbolchini “Ayaks”dan 39 million yevroga sotib olgandi, ammo o‘shandan beri u ingliz klubida o‘zini ko‘rsata olmadi.

Salomon Rondon: “River Pleyt” → “Pachuka” (erkin agent)

2023 yil boshida Rondon Argentinaga ko‘chib o‘tdi va "River Pleyt" bilan shartnoma imzoladi. U yerda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan. Biroq yil oxirida tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi. Sababi - oilaviy qiyinchiliklar va moslashish bilan bog‘liq muammolar. Rondon Kolumbiya ligasiga o‘tish variantidan bosh tortdi va meksikalik "Pachuka" bilan shartnoma imzoladi.

Lukas Beraldo: “San-Paulu” → “PSJ” (20 million yevro)

Braziliyalik futbolchi faoliyatini Yevropaning top-klublaridan birida davom ettiradi. Parijliklar 20 yoshli futbolchini sotib olish uchun 20 million yevro sarflashdi.Tabiiyki, bungacha Beraldo faqat vatanida o‘ynagan. U “PSJ bilan 5,5 yillik shartnoma imzoladi va 35-raqamni egalladi. Transferdan so‘ng Beraldoning o‘zi bu o‘tishni faoliyatidagi muhim qadam deb atadi.

Kiritildi: 15:06, 02.01.2024.
O'qildi: 4781 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик