Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Bundesrekordga bir qadam qolganida...

Bundesrekordga bir qadam qolganida...

Baho:
+ | -

YECHL-2017 finalini boshqargan FIFA hakami Feliks Brix o‘yinlar soni bo‘yicha Bundesliga rekordiga bir qadam qolganida, jiddiy jarohatga yo‘liqdi.

To‘g‘ri, u hakamlikka qaytishdan umidvor hali.

Joriy mavsum yevromaydonlarda keng tarqalgan tizza bo‘g‘imi jarohati epidemiya­sidan nafaqat futbolchilar, balki boshqalar ham jabr ko‘rishmoqda. Deylik, germaniyalik mashhur referi Feliks Brix Bundesligadan o‘rin olgan «Ayntraxt» va «Shtutgart» o‘yinida xuddi shunday jarohatga yuz tutdi. Bu FIFA hakami uchun Germaniya chempionati elit ligasidagi 344-uchrashuv edi. Brix shu tariqa jami o‘yinlar soni bo‘yicha bundesrekordchi Volf­-gang Shtark bilan teng­lashdi. Qisqasi, Feliks mutlaq rekordga bir qadam qolganida to‘xtashga majbur bo‘ldi. Aytish o‘rinli, Brix jarohatdan keyin darhol maydondan chetga chiqqani yo‘q. Ya’ni hakamga tibbiy yordam ko‘rsatildi va u tanaffusga qadar ishini davom ettirdi. Biroq iloji bo‘lmadi, shekilli, ikkinchi bo‘limda Brix o‘rnini bunga qadar Bundesligada biror marta bosh hakam rolini bajarmagan zaxirachi Patrik Shvengers egalladi.

Eng achinarli tafsilot: Brix o‘zi uchun eng «qadrdon» ikki klubning o‘zaro to‘qnashuvida «ishdan chiqdi». Har holda, germaniyalik ilg‘or referi butun faoliyati davomida «Shtutgart» ishtirokidagi naq 59ta o‘yinda hakamlik qilgandi. U «Ayntraxt» o‘yinlarida esa 53 marta bosh hakam sifatida ko‘zga tashlangan. Qisqasi, Brix boshqa biror klub o‘yinida bu qadar ko‘p ishlagan emas. «Maydon sirpanchiq edi, oyog‘imni noto‘g‘ri tashlaganim tufayli yig‘ildim va alamli jarohatga yo‘liqdim. Albatta, hozir biroz tushkun holatdaman», - dedi Feliks o‘yindan so‘ng, hali tashxis natijalari chiqmasidan oldin.

48 yoshli Brix endi shu jarohat ortidan mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. Ammo u hakamlikka qaytishdan umidvor. Chunki Shtark rekordini yangilashni maqsad qilgan: «Albatta, hali qaytishni xohlayman. To‘g‘ri, avvalo, jarrohlik amaliyotidan keyin tiklanish jarayoni qanday kechishini ko‘rish kerak». Feliks Brix so‘nggi yillar dunyo futbolida eng yaxshi hakamlardan biri qatorida yurganini alohida aytish kerak. Deylik, qariyb 20 yildan buyon Bundesligada barqaror ishlab kelayotgandi. U faoliyati davomida Germaniya kubogi finalida ikki marta hakamlik qildi - 2014|2015 («Borussiya» D. - «Volfsburg») va 2020|2021 («RB Leypsig» - «Borussiya» D.) yillar mavsumlarida.

Feliks Brixning xalqaro faoliyati ham zo‘r: mavsum-2013|2014da YEL finali («Sevilya» - «Benfika»), mavsum-2016|2017da esa CHLning hal qiluvchi o‘yini («Real» - «Yuven-tus»). Germaniyalik referi shundan buyon asosiy yevrokubokning 3ta yarim finalida ishladi. Shuningdek, 2014 va 2018 yillar jahon chempionati, 2016 va 2020 yillar Yevropa birinchiligi hamda 2012 yili Olimpiada o‘yinlariga bordi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) Feliks Brixni 2021 yilning eng yaxshi hakami sifatida tan olgandi. Germaniyalik referi shundan bir necha kun o‘tgach, xalqaro faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Demak, Brix o‘z yurti mezbonlik qiladigan Yevro-2024da ishlamaydi. Shunday ekan, ke­yingi mavsum startiga qadar bemalol va xotirjam tarzda tiklanishi mumkin.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:21, 06.01.2024.
O'qildi: 1347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.