Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 0-1 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 0-0 Nasaf

Superligaga qaytgan "Dinamo" muammoga duch keldi

Superligaga qaytgan "Dinamo" muammoga duch keldi

Baho:
+ | -

2023 yilning 11 aprel sanasida Liga Samarqand viloyati futbol assosiasiyasi prezidenti nomiga xat yo‘llagan bo‘lib, unda 2024 yilgi mavsumda viloyat Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmasligi ma’lum qilingandi.

Shunga qaramay, 2023 yilning 14 dekabr kuni Liga mutaxassislari Samarqand shahrida bo‘lib, "Dinamo" stadionini yana bir bor o‘rganib chiqdi. O‘rganishlar xulosasi esa mavjud sharoit Superliga uchrashuvlarini o‘tkazishga to‘sqinlik qilishini yana bir bor tasdiqladi.

Dinamo stadioniga 2012 yilda Sportmaster maysasi ekilgan. 5 ballik tizimda maysa sifati 3,5, maydonni parvarishlash darajasi 2, maysaning chidamliligi 1 ballga loyiq ko‘rilgan. Maysa butun maydonning 90 foizigacha qismini egallagan va uning 30 foiz qismi asosiy rangdan farq qiladi. Ildiz uzunligi 7 sm. Suvning yutilib ketish darajasi bor yo‘g‘i 10 foizni tashkil qiladi. Bu esa maydon drenaj tizimini to‘liq yangilashni taqazo etadi. Maydonda yovvoyi maysalar hamda zararkunandalar mavjud. Tuproq mustahkamligi umumiy 10 balldan 1 balga loyiq ko‘rilgan.

Shuningdek, "Dinamo" stadionida maydonni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan eng zarur texnikalardan birortasi mavjud emas. Bu esa keyinchalik ham katta muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Dinamo maydoni to‘liq yangilangach, mazkur maydonni uzoq yillar bir maromda asrash uchun zarur texnikani xarid qilish lozim bo‘ladi.

Dinamo 10 yanvar sanasiga qadar Superliga uchrashuvlarini o‘tkazish uchun boshqa stadion bilan uch tomonlama kelishuv imzolashi lozim.

Kiritildi: 18:45, 06.01.2024.
O'qildi: 3548 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.