Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

«Qizilqum» Superliga uchrashuvlarini o‘z uyida o‘tkaza olmaydi

«Qizilqum» Superliga uchrashuvlarini o‘z uyida o‘tkaza olmaydi

Baho:
+ | -

2023 yilning 16 mart sanasida O‘zbekiston proyeffsional futbol ligasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJga xat yo‘llagan bo‘lib, unda 2023 yilgi mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab "Yoshlar" sport majmuasi Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmasligi ma’lum qilingandi.

Keyinchalik 2023 yilning 27 may sanasida "Yoshlar SM"ni «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ uchun berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 282-F-son farmoyishi qabul qilindi. Shundan kelib chiqib, "Yoshlar SM"da Superliga uchrashuvlarini mavsum yakuniga qadar o‘tkazish belgilandi. 2023 yilning 10 oktyabr kuni esa «Yoshlar SM» Superliga uchrashuvlarini o‘tkazish talabiga javob bermasligi, maydonning drenaj, sug‘orish va yoritish tizimi, shuningdek, maysani almashtirish, klub uchun baza, mashg‘ulotlar maydonlari qurish masalalari yana bir karra eslatib o‘tildi.

2023 yilning 15 dekabr kuni Liga mutaxassislari Navoiyda bo‘lib, "Yoshlar SM" maydonini o‘rgandi. 2015 yil stadionga 70 foiz POA, 20 foiz FESTUCA, 10 foiz LOLIUM navli maysa yotqizilgan. Bugunga kelib maysa sifati 5 ballik tizimda 2, parvarish darajasi 3, maysa chidamliligi esa 4 ga baholandi.

Maysa butun maydonni 80 foizgacha qismini qamrab olgan. Uning 70 foiz qismida rang asosiy tusdan farqlanadi. Suvning yutilib ketish darajasi 20 foizga teng. Maysa ichida yovvoyi o‘tlar ham, shikastlanganlari ham, hashorot va zararkunandalar ham bor. Shunga qaramay, uch yo‘nalish bo‘yicha maydon maysasi ijobiy baho oldi. Biroq rangning o‘zgarishi hamda suvning yutilib ketish darajasida 10 balldan 2 ga loyiq ko‘rildi.

Yaxshi tarafi, stadionni parvarish qilish uchun eng zarur texnikalar mavjud. Keyinchalik stadion ta’mirdan chiqarilsa, "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari singari texnikani yanada yaxshilash va to‘ldirish mumkin bo‘ladi.

"Qizilqum" 10 yanvar sanasiga qadar Superliga uchrashuvlarini o‘tkazish uchun boshqa stadion bilan uch tomonlama kelishuv imzolashi lozim.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:35, 06.01.2024.
O'qildi: 1673 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик