Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Arauxo "Bavariya"ga javob qaytardi

Arauxo "Bavariya"ga javob qaytardi

Baho:
+ | -

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo hozircha "Bavariya"ga o‘tishni rejalashtirmayapti. 24 yoshli futbolchi myunxenliklar jamoasining asosiy transfer maqsadlaridan biri sanaladi.

Nemis klubi qishki mavsumdayoq transferni amalga oshirishni istaydi, ammo buning iloji yo‘qdek. Jurnalist Joan Pokining xabar berishicha, Arauxoning o‘zi allaqachon Tomas Tuxelga yanvarda "Barselona"ni tark etishni o‘ylamasligini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, manbaga ko‘ra, yozgi transfer hali ham istisno qilinmagan. Ko‘p narsa Kataloniya jamoasining qolgan mavsumdagi muvaffaqiyatiga bog‘liq.

Joriy mavsumda Ronald Arauxo 17 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. "Barselona" futbolchini 100 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:24, 06.01.2024.
O'qildi: 2220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик