Italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzo murabbiy bo‘lish g‘oyasiga qanday kelgani haqida gapirdi.
"Bir marta Chempionlar ligasida "Barselona"ga qarshi o‘ynaganmiz. Menimcha, bu 2005/2006 yilgi mavsum edi.
Butun o‘yin davomida men aqldan ozgandek yugurdim, lekin behuda - o‘yin davomida uch-to‘rt marta to‘pni oldim, tamom va keyin nima bo‘lganini o‘ylay boshladim, taktika va strategiyaga qiziqa boshladim", - deya Gattuzoning so‘zlarini keltiradi L'Equipe.
Biroq, ochig‘ini aytganda, Jennaro hali ham kuchsiz - u o‘zining birorta loyihasi bilan jiddiy muvaffaqiyatga erisha olmadi. Hozir u Fransiyaning “Marsel” klubini boshqaradi.