Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nyukasl" himoyachisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

"Nyukasl" himoyachisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

"Nyukasl" himoyachisi va sardori Jamol Lassells faoliyatini turk klubida davom ettirishi mumkin.

Daily Mail xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi "Beshiktosh"ning qisqa ro‘yxatidan joy olgan.

Aytish joizki, Lassllsning “Nyukasl” bilan shartnomasi shu yilning yozida tugaydi, shuning uchun turk klubi yozgi transfer oynasida futbolchi bilan tekin transfer borasida kelishib olishi mumkin. Joriy mavsumda Lassells barcha turnirlarni hisobga olgan holda 22 uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi.

Nufuzli Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining narxi yetti million yevro.

Kiritildi: 17:27, 07.01.2024.
O'qildi: 802 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.