Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mukiele qaysi klubda o‘ynashi borasida qaror qabul qildi

Mukiele qaysi klubda o‘ynashi borasida qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Himoyachi Nordi Mukiele yaqin kelajakda "PSJ"ni tark etishi mumkin.

So‘nggi kunlarda 26 yoshli futbolchiga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda va taniqli insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, Mukiele Myunxenga o‘tishga qiziqmoqda.

Qayd etilishicha, "Bavariya" ustozi Tomas Tuxel Nordini o‘ng qanot himoyasi uchun ideal nomzod deb hisoblaydi.

Insayderning ta’kidlashicha, kelishuv "PSJ"ning qaroriga bog‘liq bo‘ladi - Liga 1 giganti Mukiele o‘rniga o‘rinbosar topishga vaqt topishi kerak. Himoyachi "Bavariya"ga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga o‘tishi mumkin.

2023/2024 yilgi mavsumda Nordi Mukiele 10 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchini 12 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:36, 08.01.2024.
O'qildi: 1024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик