Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Lokomotiv» stadioni 2024 yilning ikkinchi yarmidan Superliga o‘yinlarini qabul qila olmaydi

«Lokomotiv» stadioni 2024 yilning ikkinchi yarmidan Superliga o‘yinlarini qabul qila olmaydi

Baho:
+ | -

Professional futbol ligasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5887-sonli Farmoni hamda Osiyo futbol konfederasiyasining lisenziyalash talablari asosida stadionlar masalasiga jiddiy e’tibor qaratib keldi.

To‘rt yillik reja asosida bugunga kelib Andijon, Namangan, Farg‘ona, Yaypan, Olmaliq, Jizzax, Buxoro hamda Toshkent shahridagi 2 ta stadionda maydonning drenaj va sug‘orish tizimi, projektorlar yorug‘lik darajasi xalqaro uchrashuvlarni qabul qila olish darajasiga yetkazildi. Rejaning ikkinchi bosqichida navbat Qo‘qon, Bekobod, Samarqand, Navoiy, Termiz shaharlariga kelgan bo‘lib, ayni vaqtda mazkur shaharlardagi stadionlar Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmaydi. Shundan kelib chiqib, Termiz, Samarqand hamda Qo‘qon shaharlaridagi stadionlar maydonida ham ta’mirlash ishlari boshlandi. Mazkur stadionlar 2024 yilning ikkinchi yarmiga qadar tayyor holga kelishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi «Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-115-sonli Qaroriga muvofiq, Superliga stadionlarini qabul qilishi ko‘zda tutilgan stadionlar maydoni uchun aniq mezonlar ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘tgan yilning dekabr oyida Liga mutaxassislari Superliga uchrashuvlari uchun mo‘ljallangan stadionlarni ko‘zdan kechirib chiqdi.

Jumladan, 2023 yilning 10 dekabr kuni Liga mutaxassislari «Lokomotiv» stadionida ham bo‘ldi. Unga ko‘ra, 2012 yilda stadionga POA PRATENCE maysasi yotqizilgan bo‘lib, uning sifati 5 ballik tizimda 2,5’ga, maysa parvarishi darajasi 4 ballga, chidamliligi esa 3,5 ballga loyiq ko‘rilgan. Maysaning butun maydon bo‘ylab qoplanganligi hamda maysa rangining asosiy tusdan farqlanishi bir xilda — 50 foizlik ko‘rsatkich qayd etgan. Yovvoyi, zararlangan maysalar, zararkunanda hashorotlar mavjud. Drenaj tizimi yetarli darajada ishlashdan uzoqlashib bormoqda.

Endilikda Prezident Farmon hamda Qarorlari ijrosini ta’minlashning uchinchi bosqichini amalga oshirish maqsadida, «Lokomotiv» stadioni 2024 yilning ikkinchi yarmidan boshlab Superliga uchrashuvlarini qabul qilish uchun qo‘yilmaydi. Unga qadar «Lokomotiv» futbol klubi 2024 yilning ikkinchi davrasidan boshlab o‘z uy uchrashuvlarini Toshkent shahridagi talabga javob beradigan futbol maydonlaridan birida o‘tkazib turishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:36, 08.01.2024.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.