Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Asr transferi: Xolandga nima uchun "Barselona" kerak

Asr transferi: Xolandga nima uchun "Barselona" kerak

Baho:
+ | -

Erling Xolandning mavsum so‘ngida “Manchester Siti”ni tark etib, “Barselona”ga o‘tishi haqidagi xabarlar katta muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Bugun biz Erling Xoland nima uchun "Barselona"ga muhtojligi va u "Manchester Siti"ni nima uchun tark etishi haqida gaplashamiz.

"Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilgacha

Erling Xoland 2022 yilning 1 iyulida “Siti” ga ko‘chib o‘tgan va 2027 yilgacha shartnoma imzolagan. Shu tariqa, “Manchester Siti” o‘tgan yozda Kilian Mbappe bilan yuzaga kelgan vaziyatdan to‘liq himoyalangan, o‘shanda fransiyalik futbolchi “PSJ”ni tekinga tark etishi mumkin degan savol tug‘ilgan.

Klubda ikkinchi, dunyoda oltinchi

“Manchester Siti” bilan 2022 yilning yozida tuzilgan shartnomadan so‘ng, Erling Xolandning maoshi 22,5 million yevro ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, norvegiyalik jamoada ikkinchi o‘rinda turadi. U faqat 24 million yevro ishlab oladgan Kevin De Bryuynedan ortda. Biroq, Xolandning futboldan tashqari faoliyatdan ko‘proq daromadi bor. Sport kompaniyalaridan biri bilan tuzilgan shartnoma va mashhur futbol simulyatori muqovasida paydo bo‘lishi Xolandga maoshidan deyarli ikki baravar ko‘p pul olib keldi. 2023 yil oxirida Erling 56 million yevro bilan dunyoning eng boy futbolchilari ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Ushbu reytingning birinchi qatorida Krishtianu Ronaldu va uning 250 million yevrosi bor.

Otaning orzusi va futbolchining xohishi

Erling Xolandning otasi, mashhur norvegiyalik futbolchi Alf-Inge o‘g‘lining barcha ligalarda o‘ynashini orzu qilgan. Futbolchining o‘zi ham shuni xohlaydi. Erling Dortmundning "Borussiya" jamoasi bilan Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi. "Manchester Siti" tarkibida u o‘tgan mavsumda barcha mumkin bo‘lgan sovrinlarni yig‘di. Yangi sovrinlar uchun ketish vaqti kelganga o‘xshaydi. "Barselona"ga Xoland kerak. Kataloniya klubi birinchi davra natijalariga ko‘ra, La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Jirona” va “Real”dan 7 ochkolik farq bor. Demak, bu mavsum “Barselona”ga chempionlik saralashi qiyin kechadi.

Ammo asosiy muammo shundaki, Kataloniya klubining asosiy zarba beruvchi kuchi Robert Levandovski yozda 36 yoshga to‘ladi. Polyak bu mavsumda chindan ham porlamadi, Ispaniya chempionatida 17 uchrashuvda 8 ta gol urdi. Taqqoslash uchun, Erling Xoland o‘ynagan 15 o‘yinda 14 ta gol urib, 93 daqiqa o‘yin vaqtini golga sarflagan. Shubhasiz, “Barselona”ga bunday forvard kerak va dunyoning bironta jamoasi undan voz kechishi dargumon.

“Barselona” rejasi

"Barselona" norvegiyalik forvardni sotib olishi haqidagi xabar yangilik emas. Fransiyalik jurnalist Fransua Gallardo Xolandning yozda Kataloniya klubiga o‘tishini e’lon qilishidan oldin, Erlingning 2025 yilda Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi haqida ma’lumot bor edi. Agar Gallardo "Barselona" transfer uchun taxminan 100 million yevro to‘lashini aytgan bo‘lsa, "B" rejasiga ko‘ra, Kataloniya klubi 2025 yilning yozida 175 million yevroga sotib olish variantini faollashtirishi mumkin.

Dunyoning eng qimmat va iqtidorli futbolchilaridan birining transferi uchun yetarlicha mablag‘. Hozircha Xolandning "Barselona"ga o‘tishi ko‘proq ertakka o‘xshaydi. Kam miqdordagi tovon puli, kuchliroq chempionat qoldirib ketishi, “Barselona”ning moliyaviy muammolari bu omillarning barchasi futbolchining barcha top chempionatlarda o‘ynash va o‘z davridagi Lionel Messi kabi Kataloniyaning so‘zsiz yulduziga aylanish istagi bilan qoplanadi.

Kiritildi: 14:16, 11.01.2024.
O'qildi: 8066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.