Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Suriya terma jamoasi posboni: "Kuper kimligini bilmasdim. U haqda faqat Google orqali bildim"

Suriya terma jamoasi posboni: "Kuper kimligini bilmasdim. U haqda faqat Google orqali bildim"

Baho:
+ | -

SSKA yoshlar jamoasi darvozaboni Maksim Sarraf "Sport24" muallifi Marsel Arzumanyanga bergan intervyusida Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan tanishuvi haqida gapirib berdi.

"Harbiylar" akademiyasining 18 yoshli tarbiyalanuvchisi 2024 yilgi Osiyo Kubogi uchun Suriya terma jamoasiga chaqirildi.

— Umuman Suriya terma jamoasining saviyasi qanday?

- Hajmi katta, ruslarga qaraganda jismonan rivojlangan. Kuper to‘pni nazorat qilishni yaxshi ko‘radi va tez-tez hujumlar uyushtirishimizni xohlaydi. Ektor barcha kuchlarimizni ishga solishga harakat qiladi. Biz o‘rta blokda ham pressing uyushtiramiz - bu ham Kuperning fikri.

- Kuper haqida. Biz siz bilan bir xil yoshdamiz va men uning tarjimai holini 2018 yilgi jahon chempionatidan keyingina bilib oldim, u yerda u va Misr Rossiya bilan guruhda bo‘lgan. Siz ham shundaymi?

- Men u haqida umuman hech narsa bilmasdim! Meni milliy terma jamoaga taklif qilishganida, murabbiy kimligini qidira boshladim. Men u bilan uchrashishdan oldin Vikipediyada u haqda o‘qidim va juda hayron bo‘ldim! Ammo hozir biz tez-tez jamoa bilan va u bilan hammomga boramiz - Kuper ham men kab, bug‘lanishni yaxshi ko‘radi.

- Ana xolos!

- Ektor qaysi jamoalarga murabbiylik qilganini bilgach, savollar bera boshladim. U "Inter"da "so‘yloq" Ronaldo, Kannavaroga qanday murabbiylik qilgani bilan o‘rtoqlashdi va Misr terma jamoasidagi Saloh haqida gapirdi.

- Eng esda qolarli hikoya?

— Ektor Fabioga shunday degan: «Qarang: Ronaldo sizni aldashiga qancha yo‘l qo‘ymasangiz, shuncha dam olasiz. Sizda o‘nta urinish bor."

— Ronaldo aldab o‘tgan bo‘lsa kerak?

- Yo‘q! O‘nta imkoniyatning barchasida Kannavaro Ronaldodan to‘pni olib qo‘ygan ekan va rost ham Kannavaroga o‘n kun dam bergan ekan. Bunday odam bilan hammomda o‘tirib, faqat televizorda ko‘rgan futbolchilar haqidagi hikoyalarni tinglaganimga ishonmasdim" - dedi Sarraf.

Kuper Suriya terma jamoasini 2023 yilning fevralidan buyon boshqarib kelmoqda. 68 yoshli argentinalik mutaxassis avvalroq “Valensiya”, “Inter”, “Malyorka”, “Parma”, Gruziya, Misr, O‘zbekiston milliy terma jamoalari va boshqa jamoalarni boshqargan.

Kiritildi: 12:36, 12.01.2024.
O'qildi: 3096 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.