Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Shomurodov o‘rniga Zaynutdinov...

Shomurodov o‘rniga Zaynutdinov...

Baho:
+ | -

Futbolchilarning transfer summasi bilan shug‘ullanuvchi transfermarkt portali Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy jamoalari tarkibidagi eng qimmatbaho o‘yinchilar reytingini yangiladi.

Shuningdek, 5ta terma jamoa tarkibining yangilangan umumiy bahosi ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, anchadan buyon Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi maqomini o‘zida saqlab kelgan Eldor Shomurodov yetakchilikni qo‘ldan chiqardi. Binobarin, «Kalyari»da ishlari uncha yurishmagan hujumchimizning transfer summasi pasayishda davom etmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari xulosalariga ko‘ra, Italiyadagi legionerimizning bahosi yana 1 million yevroga arzonlashdi. Xullas, dekabr holati bo‘yicha Shomurodov huquqi 5 million yevroga baholanmoqda.

Endilikda Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi - qozog‘istonlik Baxtiyor Zaynutdinov. Rossiyaning SSKA klubidan Turkiya Superligasi ishtirokchisi «Beshiktosh»ga yo‘l olgan etnik o‘zbekning bahosi ham biroz pasaydi oxirgi hisob-kitoblarda. Lekin Baxtiyorning yorlig‘i 6 million yevrodan tushgani yo‘q. Aniqrog‘i, u transfer summasi bo‘yicha 500 ming yevro yo‘qotdi, xolos. Markaziy Osiyodagi eng qimmatbaho darvozabon - tojikistonlik Rustam Yatimov. Uning transfer bahosi 900 ming yevroga ko‘tarildi. Eslatma, Rustam OCHLda kimsan Krishtianu Ronaldu asabini buzganidan keyin ancha tanildi. «Istiqlol» kiperi ortida o‘zbekistonlik darvozabonlar bor - 700 ming yevroga baholanayotgan Abduvohid Ne’matov («Nasaf») va O‘tkir Yusupov («Navbahor»).

Garchi futbolchilarimiz va darvozabonlarimiz mintaqada yuqori mavqeini boy bergan bo‘lsalar-da, O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibning umumiy bahosi bo‘yicha Markaziy Osiyoda hamon 1-o‘rin egasi bo‘lib qolmoqda. 32,55 million yevro - bu jamoamizning umumiy bahosi. 2-o‘rindagi Qozog‘iston milliy jamoasining umumiy summasi 21,5 «limon»dan balandroq. 

Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy jamoalari umumiy summasi va ularning eng Qimmatbatbaho 3 nafar futbolchisi bahosi

O‘zbekiston milliy jamoasi

Jami summa: 32,55 million yevro

FIFA reytingi: 68-o‘rin

1. Eldor Shomurodov (hujumchi, 28 yosh) - 5 million yevro

2. Abbos Fayzullayev (yarim himoyachi, 20 yosh) - 4 million yevro

3. Aziz G‘aniyev (yarim himoyachi, 25 yosh) - 3 million yevro

Qozog‘iston milliy terma jamoasi

Jami summa: 21,63 million yevro

FIFA reytingi: 100-o‘rin

1. Baxtiyor Zaynutdinov (yarim himoyachi, 25 yosh) - 6 million yevro

2. Nurali Alip (himoyachi, 24 yosh) - 3 million yevro

3. Aleksandr Zuyev (yarim himoyachi, 27 yosh) - 900 ming yevro

Tojikiston milliy jamoasi

Jami summa: 7 million yevro

FIFA reytingi: 106-o‘rin

1. Rustam Yatimov (darvozabon, 25 yosh) - 900 ming yevro

2. Alisher Jalilov (yarim himoyachi, 30 yosh) - 700 ming yevro

3. Zoir Jo‘raboyev (himoyachi, 25 yosh) - 600 ming yevro

Qirg‘iziston milliy jamoasi

Jami summa: 5,90 million yevro

FIFA reytingi: 98-o‘rin

1. Guljigit Aliqulov (yarim himoyachi, 23 yosh) - 550 ming yevro

2. Alimardon Shukurov (yarim himoyachi, 24 yosh) - 450 ming yevro

3. Tamirlan Kuzibayev (yarim himoyachi, 24 yosh) - 400 ming yevro

Turkmaniston milliy jamoasi

Jami summa: 3,30 million yevro 

FIFA reytingi: 141-o‘rin

1. Ruslan Mingazov (yarim himoyachi, 32 yosh) - 550 ming yevro

2. Teymur Garuyev (yarim himoyachi, 23 yosh) - 250 ming yevro

3. Arslanmurat Amanov, yarim himoyachi, 33 yosh) - 200 ming yevro

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:36, 12.01.2024.
O'qildi: 11852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.