Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Enrike shogirdlarining qobiliyatlariga shubha qiladi

Enrike shogirdlarining qobiliyatlariga shubha qiladi

Baho:
+ | -

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchilar Randal Kolo-Muani va Gonsalu Ramushning hozirgi darajasiga shubha qilmoqda.

25 yoshli fransiyalik va 22 yoshli portugaliyalikni parijliklar o‘tgan yozda sotib olishgan edi.

L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, Luis Enrike Kolo-Muani va Ramushning eng muhim uchrashuvlarda jamoaning hujumida asosiy rol o‘ynashga qodirligiga ishonchi komil emas.

Shu bilan birga, manba qayd etganidek, ispaniyalik mutaxassis futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini susaytirmaslik uchun ularni oshkora tanqid qilmaydi.

Randal Kolo-Muani PSJ safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Gonsalu Ramush 19 uchrashuvda 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 17:01, 12.01.2024.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик