Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli fransiyalik futbolchini Saudiyaning "Al-Hilol" klubi sotib olmoqchi. Madridliklar yaxshi taklif olsa, Mendini sotadi.
Transfermarkt portali futbolchini 20 million yevroga baholagan. Uning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi.