Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbekiston-Suriya o‘yini haqida

O‘zbekiston-Suriya o‘yini haqida

Baho:
+ | -1

Kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston- Suriya o‘yini haqida ikki og‘iz: 

Birinchi o‘yinda o‘zi doim qiyin bo‘ladi. Hayajon, o‘yin o‘xshamaslik, tarkib tanlashda xatolar va hokazo. Bular oddiy holat.

Albatta, bu yerda Suriya ko‘rsatgan antifutbolni ham aytib o‘tish kerak. Kuperning himoyaviy futboli. 11 kishi orqaga yotib olib, barcha zonalarni yopib tashlash.  Bunday raqibga qarshi har qanday jamoa qiynaladi.

O‘zimizni futbolchilarga kelsak darvozabonga deyarli ish bo‘lmadi.

Uch markaziy himoyachilarimizga ham. Lekin¸ kerakli vaziyatlarda ishonchli harakat qilishdi.

Alijonov jarohat bilan formadan chiqib qolgani ma’lum bo‘lib qoldi. Unga ozgina vaqt kerak.

Sayfiyevni hamma tanqid qilyapti, lekin u o‘z darajasida o‘ynadi deb o‘ylayman. Unga asosiy yetishmagan narsa, asosiy qurolini ishga sola olmadi. Uning asosiy quroli to‘pni jarima maydonchasi ichiga yetkazib berish. Boshida bir ikki yetkazib berdi. Jarima maydoni ichida hech kim yo‘qligini ko‘rgach bu narsadan tiyilishni boshladi va to‘pni ko‘p yo‘qotdi.

Markaziy yarim himoyachilarimiz o‘z darajalarida harakat qilishdi. Faqat ayrim vaziyatlarda to‘p uzatishda ko‘p vaqt yo‘qotildi.

Erkinov birinchi bo‘limda eng faollardan edi. Nimaga zaxiraga olinganini Katanesni o‘zi biladi. Masharipov esa yana o‘z darajasiga chiqib olish kerak bo‘ladi.

Oston esa markaziy hujumda o‘zi ham qiynalib ketgan bo‘lsa kerak. Antifutbolga qarshi o‘ynash juda qiyin. Unga esa tezlik olish uchun ochiq zonalar ko‘proq kerak edi. Ular esa yo‘q.

Fayzullayev esa asosiy tarkib o‘yinchisi ekanligini ancha oldin isbotlab bo‘lgan. O‘yinga qo‘shilishi bilan tezlik va kreativlik paydo bo‘ldi.

Sergeev tushganidan so‘ng esa to‘p jarima maydoni ichiga yetkazilib bera boshladi. Sergeevni o‘zi ham kurashga kirishdi. Yarim himoyachilar ancha oson bo‘lishni boshladi. Faqat juda kech tushirildi.

Keyingi o‘yin Katanes o‘zgarishlar qilsa kerak.

Ravshan Salimov.

Manba: https://t.me/Salimov_football
Kiritildi: 15:05, 14.01.2024.
O'qildi: 4820 marta.
Fikrlar: 161 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.