Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Osiyo kubogi-2023. O‘zbekiston - Suriya o‘yinidan kelib chiqqan ba’zi xulosalar

Osiyo kubogi-2023. O‘zbekiston - Suriya o‘yinidan kelib chiqqan ba’zi xulosalar

Baho:
+ | -

Osiyo kubogining ilk o‘yinida deyarli barcha terma jamoamizdan g‘alaba kutgandi. Ammo qiyin o‘yinda durang bilan kifoyalandik. Agar o‘yin so‘ngidagi gol ofsayd tufayli bekor qilinmaganida yutqazib qo‘yishimiz ham mumkin edi.

1. O‘zbekiston Osiyo chempionatlarinining birinchi o‘yinini hech qachon yaxshi o‘tkazmagan (2011 yilgi turnirda Qatarga qarshi o‘yin bunday mustasno). Har safar qiynalganmiz. Futbolchilarimizning mahorati evaziga bir amallab yutib olardik. Shaxsan o‘zim, bu safar ham qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandim. Yomon o‘ynamadigu, ammo imkoniyatlardan foydalana olmadik (Sayfiyev, Shukurov). Aslida yanvar oyida futbolchilarimizni yuqori formaga chiqishi oson ish emas. Boisi, Superliga va OCHLda mavsum dekabr oyi boshida yakuniga yetadi. Futbolchilar 1-2 hafta dam olib, tayyorgarlikni boshlashdi. O‘yinchilar jismoniy jihatdan ma’lum saviyaga chiqqan bo‘lsa-da, o‘yin "tonus"iga kirishga ulgurmadi. Boz ustiga, terma jamoamiz Osiyo kubogi oldidan atigi 2 ta nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Bu kam.

2. Umid qilaman, Katanes konservativ uslubidan voz kechib, keyingi o‘yinlarda nomdor futbolchilarni emas, ayni paytda yaxshi tayyorgarlikka ega o‘yinchilarning xizmatidan foydalanadi. Masalan, Suriyaga qarshi o‘yinda Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda o‘ynashga munosib ekanini isbotladi.

3. Katanes hujum chizig‘ida O‘runovni o‘ynatib ko‘rdi. Zich himoyalanadigan jamoaga qarshi bahsda bu o‘zini oqlamadi. Ostonga bo‘sh hudud ko‘proq kerak ekan. Shuning uchun qanotlarda uning foydasi ko‘proq tegishi mumkin. Hindiston ham butun jamoa bo‘lib himoyalanishini inobatga olsak, Ostonni hujumga emas, qanotga qo‘ygani ma’qul (Suriyaga qarshi o‘yinning so‘nggi yarim soatida bo‘lgani kabi).

Bundan tashqari, "avtobus" qo‘yadigan jamoalarga qarshi bahsda Jamshid Iskandarovning foydasi tegadi. Boz ustiga, uning O‘runov bilan yaxshi tandem ekanini inobatga olsak, hindlarga qarshi o‘yinda Jamshid asosiy tarkibda o‘ynashi kerak, nazarimda.

4. Aslida O‘zbekiston milliy jamoamizning hozirgi tayyorgarligi yomon emas. Faqat ozgina noodatiy kombinasiyalarni ko‘paytirib, standart vaziyatlardan foydalanish haqida ko‘proq bosh qotirish kerak.

5. Guruh bosqichidagi 3 ta o‘yin va nimchorak final bahsi O‘zbekiston uchun yuqori formaga chiqishga yordam beradigan o‘yinlar vazifasini o‘tashi kerak. Strategik nuqtai nazarda olib qaraganda, biz chorak finaldan boshlab eng yuqori formaga chiqa olishimiz kerak. Katanes shundan kelib chiqib, rotasiya qilish orqali, o‘yinchilarning chorak finalgacha yaxshi tonusga kirib olishini ta’minlashi talab etiladi.

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 17:16, 15.01.2024.
O'qildi: 6054 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.