Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Navbahor», «So‘g‘diyona», «Neftchi», «Buxoro» va «Turon» klublariga transfer taqiqi qo‘yildi

«Navbahor», «So‘g‘diyona», «Neftchi», «Buxoro» va «Turon» klublariga transfer taqiqi qo‘yildi

Baho:
+ | -

2024-yil 17-yanvar kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilar maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kun tartibidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilarning maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasining 2023-yil 15-dekabrdagi 12-03-sonli yigʻilish bayoni ijrosiga bagʻishlangan masalalar oʻrin oldi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tashabbusi bilan futbol klublarini futbolchilar, murabbiylar va boshqalar oldidagi qarzdorligini bartaraf etilishini taʼminlash, bu borada futbol klublariga muddat belgilash masalalari Futbolchilarning maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasining 2023-yil 15-dekabr kunidagi yigʻilishida koʻrib chiqilgan edi.

OʻFA Qoʻmitasi yigʻilishi bayoniga muvofiq yangi mavsum litsenziyalash jarayoni 2024-yil yanvar oyidan boshlanishi, Litsenziyalash reglamentining F.04-bandiga asosan futbol klubi oʻzining joriy va sobiq futbolchilari hamda murabbiylari oldidagi qarzdorlikni oʻz vaqtida bartaraf etishi, shuningdek qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani Litsenziya beruvchi organga taqdim etishi lozimligi, shu bilan birga, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga 2023-yilgi mavsum yakunlangandan soʻng futbol klublarining futbolchilar, murabbiylar va boshqalar oldidagi qarzdorligi boʻyicha murojaatlar kelib tushishi koʻpaygani sababli futbol klublarining futbolchilar, murabbiylar va boshqalar oldidagi qarzdorligini 2024-yil 10-yanvarga qadar toʻliq bartaraf etishi, mazkur muddatga qadar qarzdorliklar toʻliq bartaraf etilmagan taqdirda futbol klublariga nisbatan qatʼiy intizom choralari qoʻllanishi toʻgʻrisida ogohlantirish berilgan.

Oʻtgan davr oraligʻida baʼzi futbol klublari oʻz qarzdorliklarini bartaraf etgan boʻlsa-da, ayrim klublar Qoʻmita qarori ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygani hamda qarzdorliklar belgilangan muddatlarda toʻlanmaganligi maʼlum boʻldi. Jumladan, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, OKMK, “Metallurg”, “Qizilqum”, “Nasaf”, “Surxon”, “Andijon”, “Lokomotiv”, “Dinamo plyus”, “Mashʼal”, “Xorazm”, “Shoʻrtan”, “Qoʻqon-1912”, “Aral” futbol klublari futbolchi, murabbiy va boshqalar oldidagi toʻlovlarni barqaror ravishda toʻlab kelayotganligi aniqlandi. Biroq “Soʻgʻdiyona”, “Neftchi”, “Navbahor lochinlari”, “Buxoro”, “Turon”, “Unired Redbridge”, “Gʻijduvon” “Zomin boʻrilari”, “Angren Paxtakor-79” futbol klublarida qarzdorlik mavjudligi, qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etilmaganligi qayd etildi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilarning maqomi va transferi boʻyicha reglamentining 12-moddasi 1-bandida klub futbolchilar va boshqa klublar oldidagi, shuningdek, professional futbolchilar bilan imzolangan shartnomalar va transfer kelishuvlarida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq, oʻz moliyaviy majburiyatlariga rioya qilishi lozimligi, 2-bandida esa shartnoma boʻyicha toʻlovlarni asossiz ravishda 30 kalendar kunidan ortiq muddat davomida kechiktirayotgan klubga shu moddaning 4-bandida sanab oʻtilgan sanksiyalar qoʻllanilishi mumkinligi keltirib oʻtilgan.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, OʻFA Futbolchilar maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasining qaroriga asosan belgilangan muddatda qarzdorlikni bartaraf etmagani, shuningdek belgilangan talablarga bepisand munosabatda boʻlib kelganligi sababli, OʻFA Qoʻmitasi tomonidan Futbolchilar maqomi va transferi boʻyicha reglamentining 12-moddasi 4-bandiga asosan “Navbahor lochinlari”, “Yangiyer-quruvchi”, “Zomin boʻrilari”, “Angren Paxtakor-79” futbol klublarida qishki va yozgi transfer oynasi vaqtida futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkazishga taqiq mavjudligini inobatga olib, ularga nisbatan jarima intizom jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Futbolchilar maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasi belgilangan muddatda qarzdorlikni bartaraf etmagani uchun Futbolchilar maqomi va transferi boʻyicha reglamentining 12-moddasi 4-bandiga muvofiq “Soʻgʻdiyona”, “Neftchi”, “Buxoro”, “Turon”, “Unired Redbridge”, “Gʻijduvon” futbol klublariga nisbatan yangi futbolchilarni qishki va yozgi transfer oynasi vaqtida Oʻzbekiston Professional futbol ligasidan roʻyxatdan oʻtkazishga taqiq qoʻyilganligi belgilab oʻtildi.

OʻFA Futbolchilar maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasining mazkur qarorida keltirilgan mavjud qarzdorliklar klublar tomonidan qishki transfer oynasi yakuniga qadar toʻliq bartaraf etilgan taqdirda yangi futbolchilarni Ligadan roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat etilishi maʼlum qilinadi.

Yuqorida koʻzda tutilgan sport va moliyaviy sanksiyalarni qoʻllanishidan koʻzlangan asosiy maqsad, avvalo OʻFAning tegishli qoʻmitasi qarorlari boʻyicha futbol klublarini ijro intizomiga amal qilishga chaqirish, futbolning yaxlitligi saqlash, klublar va futbolchilar oʻrtasidagi shartnomaviy barqarorlikni oʻrnatish, klublar tomonidan FIFA, OFK va OʻFA Reglamentlari talablariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlashdan iborat.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:09, 19.01.2024.
O'qildi: 4598 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.