Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Tata Steel Chess 2024. Nodirbek Abdusattorov 6-turda chempion bilan durang o‘ynadi

Tata Steel Chess 2024. Nodirbek Abdusattorov 6-turda chempion bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha Tata Steel Chess 2024 turnirida bugun 6-tur bahslari o‘tkazilmoqda.

Turnirning Masters guruhida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 6-turda xitoylik Ding Lirenga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Tomonlar nisbatan tezkor o‘yin namoyish etishdi va birin-ketin sipohlarni almashishdi.

30-yurishdan keyin taxtada 4 tadan piyoda hamda bittadan ruh va ot qolgach, durangga kelishishdi.

Abdusattorov mazkur durangdan keyin o‘z ochkolarini 3,5 taga yetkazdi va jadvalda 2-o‘rinni egallab turibdi.

Hamyurtimiz 7-turda peshqadam Anish Giri (Niderlandiya)ga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:32, 19.01.2024.
O'qildi: 2818 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик