"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino poytaxt klubi yarim himoyachisi Moyses Kaysedoning ruhiy holati haqida gapirdi.
“Kaysedo o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ekvadordagi vaziyat normal emas, lekin yaxshilanmoqda. Hozir u o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda. Bir necha hafta oldin u juda xavotirda edi. Biz har doim futbolchilarga yordam berishga tayyormiz. Bu futbolchining o‘yiniga ta’sir qilishi mumkinligini yaxshi bilasiz", - deya Pochettino so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Ekvadorda mamlakat hukumati va mafiya guruhi o‘rtasida qurolli to‘qnashuv boshlangan edi.