"Lasio"ning sobiq yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich kelasi yozda Italiya A seriyasiga qaytishi mumkin.
Tuttosport xabariga ko‘ra, Turinning "Yuventus" klubi serbiyalik futbolchini keyingi mavsum boshlanishidan oldin transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq, 28 yoshli Milinkovich-Savich Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan norozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Katta maosh yarim himoyachini mamlakatda qolishga ishontirmaydi.