"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Bilbaoning "Atletik" klubi hujumchisi Niko Uilyamsning saviyasini yuqori baholadi. Ertaga Ispaniya kubogi chorak finalida kataloniyaliklar basklar bilan uchrashadi.
“Niko Uilyams haqidagi fikrim? Menimcha, u doimo aniq maqsad bilan o‘ynaydigan ajoyib futbolchi. Himoyachilar uni to‘xtatish uchun ko‘p harakat qilishlari kerak. Uilyams ajoyib futbolchi”, - dedi Xavi o‘yinoldi matbuot anjumanida.
21 yoshli Uilyams Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniya terma jamoasida u 11 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.