Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

"Bavariya"ni rad etgan ruminiyalik Van Deyk: Radu Dregushin kim?

"Bavariya"ni rad etgan ruminiyalik Van Deyk: Radu Dregushin kim?

Baho:
+ | -

Radu Dregushin qishki transfer oynasining asosiy qahramonlaridan biri bo‘ldi. Yosh himoyachi “Jenoa”da o‘zini yaxshi ko‘rsatdi va mavsum o‘rtalaridayoq yuqori mavqega ko‘tarildi. "Bavariya" 21 yoshli markaziy himoyachi uchun jiddiy kurashdi, biroq u "Tottenxem"ni tanladi, chunki londonliklar u bilan avvalroq kelishuvga erishgan edi. Transfer summasi 25 million yevroni tashkil qildi. Keling, ruminiyalik Van Deyk deb atalgan futbolchi bilan tanishamiz.

Dragushin sportchilar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi professional voleybolchi, onasi esa basketbolchi edi. Biroq, bola boshqa sport turiga qiziqib qoldi. Amakivachchasi uni futbol bilan tanishtirgandan so‘ng, Radu mahalliy “Sportul” jamoasiga qo‘shildi va keyin "Atletiko Madrid" bilan yaqin aloqada bo‘lgan iste’dodlar markazi “Regal Sport” Buxarestga ko‘chib o‘tdi. Biroq, "matraschilar" bu aloqani o‘z manfaati uchun ishlata olmadilar yoki xohlamadilar.

2018 yilda Dragushinni "Yuventus" sotib oldi. Uni qo‘lga kiritishga "Chelsi" va "PSJ" ham qiziqish bildirishgan, ammo Ruminiya U-16 terma jamoasi sardori uchun 250 ming yevro to‘lagan "byankoneri"lar tez ishga kirishgan edi. Turinda Radu 17 yoshgacha bo‘lgan jamoadan boshlab asta-sekin yosh guruhlari bo‘yicha yuqoriga ko‘tarildi. 2020 yilning noyabr oyida u "Lasio"ga qarshi o‘yin uchun asosiy jamoaga chaqirilgan. Yosh himoyachi o‘shanda maydonga tushmagan bo‘lsa-da, bir oy o‘tib Chempionlar ligasi doirasida Kiyevning "Dinamo"siga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida debyut qilishga muvaffaq bo‘ldi.

2020/21 yilgi mavsum davom etar ekan, Dregushin U-23 jamoasi bilan rivojlanishda davom etdi va yozda yangi to‘rt yillik shartnoma olishdan oldin Italiya Kubogidagi ilk asosiy tarkibdagi o‘yin bilan taqdirlandi. O‘shanda “RB Leypsig” ham ruminiyalik futbolchiga foydali taklif bilan chiqqan, biroq u nemislarni rad etib, “Yuventus”da qolib, tarkibdan joy uchun kurashishga qaror qilgandi.

Biroq, shundan keyin uning faoliyati biroz pastladi. Himoyachi "Sampdoriya" va "Salernitana"da ijara vaqtida yaxshi o‘ynay olmadi.

2022 yilning yozida Dregushin sotib olish majburiyatini o‘z ichiga olgan ijara asosida B Seriyaga Genuyaga ko‘chib o‘tdi, Andrea Kambiaso shartnomaning bir qismi sifatida qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qildi. Bu rivojlanishning o‘sha bosqichida Raduga kerak bo‘lgan narsa bo‘lib chiqdi. Ajablanarlisi shundaki, u butun mavsumda bor-yo‘g‘i 45 daqiqani o‘tkazib yubordi va bu unga B Seriya himoyachilari orasida eng yaxshi ikkinchi o‘yin vaqtini qayd etishga yordam berdi, shuningdek, 4 ta gol urdi.

Juda yaxshi klub formasi Dregushinga Ruminiya terma jamoasining asosiy tarkibidan joy olish imkonini berdi. U terma jamoaning Yevro-2024 saralash bosqichidagi 10ta o‘yinining har birida maydonga tushgan. Ruminiyaliklar hech qachon mag‘lub bo‘lishmadi, o‘z darvozalaridan atigi 5 ta gol o‘tkazib yuborishdi, Radu esa bunday ajoyib o‘yinni qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynadi. Dregushin klub darajasida “Jenoa”ga A Seriyaga qaytishga va oliy divizionda yaxshi natijalarga erishishga yordam berdi. Hozirda “griffinlar” Italiya chempionati turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.

Joriy mavsumda Dregushin "Jenoa" uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatishda davom etdi. Ruminiyalik raqiblar darvozasiga xavf tug‘dirishda davom etib, 2 ta gol urdi. U shulardan birini “Inter”ga urib, hisobni tenglashtirdi va Skudettoga davogarning jamoasini mag‘lub etishiga to‘sqinlik qildi. Futbolchining tez o‘sishining kaliti, o‘z so‘zlari bilan aytganda, murabbiy Alberto Jilardino bilan mustahkam munosabatlar edi.

Dregushinning eng yaxshi fazilati - havoda o‘ynash qobiliyati. U “Jenoa”dan ketganida, A Seriyaning joriy mavsumida faqat bir futbolchi ko‘proq havo duyellarida g‘alaba qozongan edi. Futbolchining jismoniy holati talabchan ligaga mos ko‘rinadi.

"Tottenxem" muntazam ravishda Premyer-liga o‘yinlarida to‘pning 60% dan ko‘prog‘iga egalik qiladi. “Shporlar” tizimi markaziy himoyachilarning hujumlar qurishda faol ishtirok etishini bildiradi. "Tottenxem" yuqori himoya chizig‘i bilan o‘ynagani uchun ular o‘yinni mukammal o‘qishlari kerak bo‘ladi.

2020 yilda Dregushin "YuventusTV" ga o‘zining sevimli himoyachilari haqida gapirdi. U Leonardo Bonuchchi va Jorjio Kyellinini haqida gapirdi, lekin tez orada u bilan taqqoslangan Virjil van Deykni ham ta’kidladi. Ular haqiqatan ham o‘xshashmi? Har ikkisi ham havoda zo‘r va raqiblarini jismoniy kuch bilan qo‘rqitadi, ammo ruminiyalik futbolchi faoliyatining boshida niderlandiyalikning texnik qobiliyatiga ega emas. Shuningdek, uni Premyer-ligada muhim iz qoldirgan yana bir futbolchi bilan solishtirishdi: Nemanya Vidich. Serbiyalik kabi Radu ham himoyaning ishonchliligiga e’tibor qaratadigan klassik himoyachi.

Qishda Dregushinga "Tottenxem", "Bavariya" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirishdi, biroq jamoaning yoshligi va uning istiqbollarini inobatga olgan holda "shporlar" unga eng mos variant bo‘lib tuyuldi.

Kiritildi: 16:07, 24.01.2024.
O'qildi: 1060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.