Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Lempard "Everton" rahbariyatini tanqid qildi

Lempard "Everton" rahbariyatini tanqid qildi

Baho:
+ | -

"Everton"ning sobiq bosh murabbiyi Frank Lempard mersisaydliklar klubi xo‘jayini Farhod Moshirini tanqid qildi.

2021/22 yilgi mavsumda Lempard "Everton"ni Premyer-ligadan tushib ketishdan qutqarib qoldi, ammo keyingi mavsumda, 2023 yil yanvar oyida klub rahbariyati Frankga chiqish eshigini ko‘rsatdi.

Lempard "Everton"dagi birinchi yubileyiga yetti kun qolganida ishdan bo‘shatildi va Frank Moshiri o‘z klubi bilan nima qilishni bilmay qolayotganini his qildi.

"Nega bunday bo‘lganini aniq bilmayman. Men klubga Moshiri to‘rt-besh yil rahbarlik qilganida kelgandim. Bu vaqt ichida beshta murabbiy ishlagan edi: Marko Silva, Roberto Martines, Karlo Anchelotti, Rafael Benites va Sem Ellerdays. Bular yuqori saviyali murabbiylar.

Men klubga keldim va jamoadan menga berilgan tarkibdan ularning strategiyasi yo‘qligini ko‘rdim. Bu futbol klublarida sodir bo‘ladi. Yangi menejerlar kelib, boshqa yo‘nalishga borishni xohlashadi, lekin siz strategiya yoki nimaga erishmoqchi ekanligingizni tushunishingiz kerak. Menda bunga ishonchim komil emas edi.

Biz jamoani qanday boshqarishni xohlayotganim haqida ko‘p gaplashdik. Menda g‘oyalar bor edi, lekin buni amalga oshirish uchun o‘yinchilarni to‘g‘ri tanlash kerak edi, chunki hozir men bu jamoani o‘zim xohlagandek qila olmayman. Biz quyi ligaga tushib qolishning oldini oldik. Bu men uchun qiyin paytda katta tajriba bo‘ldi.

Ammo klub g‘oyalariga kelsak, men ishonchim komil emas edi. Men bu Moshiri yoki o‘sha paytdagi qarorlarni qabul qilgan odamlar uchun salbiy bo‘lishini istamayman, chunki ular "Everton"ni ajoyib qilish uchun sotib olishganiga aminman", - dedi Lempard Sky Bet bilan suhbatda.

Kiritildi: 17:49, 24.01.2024.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.