Avstraliyada mavsumning ilk "Katta Dubulg‘a" musobaqasi o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaras musobaqa chorak finalida germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi.
3 soat 9 daqiqa davom etgan o‘yinda Aleksandr Zverev 6:1, 6:3, 6:7, 6:4 hisoblarida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
Endi Zverev musobaqa finaliga chiqish uchun rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi o‘ynaydi.